AQSHdagi Stenford universiteti olimlari inson har kuni keksayib boradi, degan qarashlarni shubha ostiga olishdi va inson tanasi haqiqatan ham o‘zgaradigan uchta bosqichni ma’lum qilishdi.
Focus nashrining yozishicha, mutaxassislar 18 dan 95 yoshgacha bo‘lgan 4 ming 263 kishining qonidagi plazmani tahlil qilib ko‘rishdi. Ular oqsillarning taxminan uch mingta turini o‘rganib, ularning ulushi o‘nlab yillar davomida o‘zgarmaganiga e’tibor qaratishdi. Biroq 34, 60 va 78 yoshdagi ko‘ngillilarda oqsil darajadagi sezilarli o‘zgarishlarni aniqlashgan.
Olimlar ushbu o‘zgaruvchanlikni butun tanadagi o‘zgarishlarga bog‘lashdi. Garchi, oqsillar yoki qon tarkibi keksayishga aynan qanday qilib ta’sir etishi ma’lum bo‘lmasada, sichqonlarda olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, yosh sichqonlarning qonini keksalariga quyish organizmiga ijobiy ta’sir etar ekan.
Bundan avval Xyustondagi Beylor tibbiy kolleji xodimlari glitsin va atsetilsistein preparatlari aralashmasini klinik sinovdan o‘tkazgan edi.
Natija shuni ko‘rsatdiki, ushbu preparatlar yoshi ulug‘ insonlarda keksayishning ko‘plab defektlarini bartaraf etib, muskullar kuchini tiklaydi, ularda bilish qobiliyatini qaytaradi.
O‘zA