Ma’lumki, axborot sohasini erkinlashtirish va rivojlantirish Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha muhim qoida va tamoyillar mustahkamlab qo‘yilgani, sohaga doir huquqiy asoslar takomillashtirib borilayotgani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Ayniqsa, keyingi yillarda yurtimizda so‘z erkinligi va fikrlar xilma-xilligiga erishish yo‘lida keng imkoniyatlar ochilayotgani media vositalari vakillarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, o‘rni va nufuzini yanada kuchaytirmoqda.
Bugungi kunda jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni rivojlantirish, davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarimizning qonuniy murojaatlarini o‘rganish va hal qilish borasida professional jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillarining o‘rni beqiyos.
"Shaxsiy mulohaza" loyihasining 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan sonida ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi ahamiyati, jurnalist etikasi, ularning mashaqqatli va mas’uliyatli faoliyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining vatanparvarlik targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, ustoz jurnalist Olimjon O‘sarov bilan suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/z3sZn5rbYKI?si=GfCfWWZhagmzyDtO" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov. O‘zA