Bugun poytaxtimizda o‘z ishini boshlagan Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat mahalliy, balki xorijiy ishbilarmon doira vakillari, investorlar va ekspertlar uchun ham samarali muloqot hamda hamkorlik maydoniga aylanmoqda.

Forumda dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan 3 ming nafarga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, 90 dan ziyod ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z mahsuloti va xizmatlarini namoyish etayotir.   

Polshaning “PMTech Group” kompaniyasi ham mazkur nufuzli tadbirda ilk bor ishtirok etmoqda. Kompaniyaning Yevropa bo‘yicha texnik direktori Olga Titovets forum doirasidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:   

– Avvalo, O‘zbekiston bizga juda yoqdi. Mamlakatingiz jozibador va investorlar uchun katta salohiyatga ega ekanini darhol sezish mumkin. Biz bu yerga mahalliy bozorni yaqindan o‘rganish, istiqbolli hamkorlar bilan tanishish va kelgusida amaliy hamkorlik yo‘llarini belgilab olish maqsadida keldik.  

“PMTech Group” – fuqarolik, sanoat va infratuzilma ob’ektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan kompaniyadir. Biz 2017 yildan buyon Yevropa bozorida faoliyat yurityapmiz. Ayni paytda Skandinaviya mamlakatlari, Polsha, Ispaniya va Litvada faoliyat olib boryapmiz. Yaqinda Germaniyada ham yangi ofisimiz faoliyatini boshlamoqda.   

O‘zbekistonga ilk bor kelgan bo‘lsak-da, bu yerdagi iqtisodiy islohotlar, infratuzilmaviy o‘zgarishlar va investorlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar bizda katta qiziqish uyg‘otdi. Forum doirasidagi panel muhokamalar va diskussiyalarda qatnashib, mahalliy bozorda qaysi yo‘nalishlar ustuvor ekanini o‘rganyapmiz. Bu esa kelgusidagi biznes strategiyamizga to‘g‘ri yo‘nalish berishga yordam beradi.   

Ayni paytda biz “Schneider Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Ushbu guruh germaniyalik investorlarni Markaziy Osiyo bozorida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali faoliyat yuritadi.   

O‘ylaymizki, ushbu forum bizga O‘zbekiston bozorida ishonchli hamkorlar topishda muhim bosqich bo‘ladi. Tadbir tashkilotchilariga alohida minnatdorlik bildiramiz. Ular bizga mamlakatingizdagi biznes muhiti bilan yaqindan tanishish, xalqaro tajriba almashish va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat yaratib berdi.   

Shu tariqa, Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat loyihalarni taqdim etish, balki yangi g‘oyalar, samarali aloqalar va barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platformaga aylanmoqda.  

Nasiba Ziyodullayeva,

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olga Titovets: O‘zbekistonda ishonchli hamkorlar topishga umid qilyapmiz