Okrug komissiya a’zolarining malakasi oshirilmoqda
Shu yilning 27 oktyabr kuni yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi.
Mazkur muhim jarayon oldidan, Namangan davlat universiteti binosida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 55 ta okrug saylov komissiyasining rais, uning o‘rinbosarlari va kotiblari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti boshlandi.


165 nafar tinglovchi ishtirok etayotgan o‘quv mashg‘ulotida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev, viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turg‘unov joriy yilgi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, okrug saylov komissiyalari raisi, rais o‘rinbosarlari va kotiblarining vazifalari va mas’uliyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.


Qayd etish lozimki, o‘quv kurslarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida yuqori malakali ekspertlar tomonidan o‘quv rejalariga muvofiq ma’ruza matni, topshiriq savollari, test, taqdimot, infografika va video-darslar ko‘rinishidagi o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlangan.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.