Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida so‘z olgan OKMK AJ boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov soha vakillarini qo‘shayyom bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, bugungi kunda kombinat ishchi-xodimlarining ijtimoiy himoyasi yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, Jizzax viloyatining Zomin tumanida zamonaviy dam olish maskani qurilishi yakunlanganini, ushbu sihatgoh ham kombinat mehnat jamoasiga ajoyib tuhfa bo‘lishi ma’lum qilindi.

Tadbir davomida sana munosabati bilan soha vakillari turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, Faxriy Yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi. Bundan tashqari, kombinat tarkibiy bo‘linmalaridan kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlarining faollariga ham qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

Shuningdek, sana munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng yaxshi roliklar” tanlovi g‘oliblari ham rag‘batlantirildi. Tadbirda namoyish etilgan Kasaba uyushmasi Kengashi faoliyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishi olqishlarga sazovor bo‘ldi.

“Metallurg” madaniyat saroyi badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi  barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. “Raduga” sirk jamoasi hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘limining karate-do seksiyasi vakillarining ko‘rgazmali chiqishlari bayram tadbirini yanada qiziqarli o‘tishini ta’minladi.

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMKda kasaba uyushmalari kuni nishonlandi