Bugun AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida OKMK mas’ullari bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbirda "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruvi raisining axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi – axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva, Investitsion va kapital qurilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Obidjon Jonsaidov, "Yoshlik-1" konini o‘zlashtirish" investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi direktori birinchi o‘rinbosari v.b. Aziz Murotov so‘zga chiqib, jamiyat faoliyatida investitsiya loyihalarining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.   

Unda aytib o‘tilganidek, kombinat mis-molibden, polimetall va oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda yetakchi sanalib, mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta yirik korxona safiga kiradi. Hozirgi paytda 2030 yilgacha kombinatni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda. Uning doirasida “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish” loyihasi tatbiq etilmoqda va 3-mis boyitish fabrikasi qurilmoqda.   

–Bu ishlar barobarida yangi metallurgiya majmuasini loyihalashtirish va qurish ishlari boshlanyapti. Mazkur loyiha O‘zbekiston tarixidagi eng yirik investitsiya loyihalaridan biridir. Uning amalga oshirilishi natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati bir necha barobarga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu, o‘z navbatida, respublika yalpi ichki mahsuloti hajmi o‘sishiga ham xizmat qiladi. Davlatimiz rahbarining tog‘-kon sanoatiga bo‘lgan e’tibori tufayli kombinat modernizatsiyasi amalga oshirilyapti. Tahlillarga ko‘ra, 2012-2016 yillarda kombinat barqarorligi uchun 123 million dollar sarflangan. 2017-2024 yillarda ushbu mablag‘ 35 baravarga oshib, 4,5 milliard dollarga yetdi. Buning natijasida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmlarini 1,8 baravarga, mahalliylashtirish darajasini esa 7,7 baravarga oshirishga zamin yaratildi. 2030 yilga borib OKMKda ishlab chiqarish quvvatlarini, jumladan, misni 500 ming tonnaga, oltin 50 tonnaga, kumush ishlab chiqarishni 270 tonnagacha oshirish maqsad qilingan. Bugungi kunga qadar 4 milliard dollardan ortiq investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ushbu yirik investitsiyaviy loyihaning yakuniga yetkazilishi tufayli OKMKdagi ma’dan koni kattaligi bo‘yicha dunyoda eng yirik kon maqomiga ega bo‘ladi, – dedi O.Jonsaidov.   

"Yoshlik-1" konini o‘zlashtirish" investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi direktorining birinchi o‘rinbosari v.b. Aziz Murotovning qayd etishicha, ushbu yo‘nalishda 2025 yilda 60 million tonna quvvatga teng 3-mis boyitish fabrikasi, 180 ming tonna quvvatga teng 6-son sulfat kislotasi sexi va Mis boyitish fabrikasida to‘liq avtomatlashtirilgan yangi nasos-gidrotsiklon uskunalari foydalanishga topshiriladi.   

–Hozirda 4-mis boyitish fabrikasi va yangi metallurgiya majmuasi qurilishi doirasida uskunalarni yetkazib berish boshlanadi. Bundan tashqari, OKMK muqobil elektr manbalariga o‘tish maqsadida Namangan viloyatidagi 500 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasidan 2026 yildan elektr energiyani xarid qilishga kelishildi. Shuningdek, Toshkent viloyatida quriladigan 150 MVt FES ham kombinatni 2027 yildan elektr energiya bilan ta’minlaydi. Quvonarlisi, yildan-yilga rivojlangan mamlakatlarning yirik ishbilarmonlari OKMKga qiziqish bildirmoqda. Xususan, so‘nggi bir yil ichida kombinat rahbariyati va mutaxassislari Yaponiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Singapur kabi rivojlangan davlatlarning yuzlab investorlari bilan muloqot olib borib, yangi investitsion va innovatsion loyihalar ustida ish olib borishmoqda. Misol uchun, OKMK respublikada birinchilardan bo‘lib davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlarni jalb qilishni boshlagan bo‘lib, 2024 yilda ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi  1,8 milliard dollarga yetadi. Bu esa, o‘z navbatida, chet el banklarining kombinatimiz moliyaviy holatiga ishonchi yuqori ekanidan dalolat beradi, – dedi A.Murotov.   

Matbuot anjumanida 4-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi. Ushbu fabrikaning qurilishiga joriy yilning 15 oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida start berilgan edi.   

[gallery-20808]

Aytish kerakki,  4-mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi natijasida mis ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshadi. Bu esa misdan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Fabrika va uning infratuzilmalari foydalanishga topshirilganidan so‘ng, 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Fabrikada yiliga 60 million tonna ma’dan qayta ishlanib, 800 ming tonnadan ortiq mis konsentrati ishlab chiqariladi. Ayni kunlarda mutaxassislar tomonidan loyihaoldi ishlar amalga oshirilmoqda.   

N.Ziyodullayeva,

O.Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMKda investitsiya loyihalari ijrosi qanday ta’minlanmoqda?