Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMKda eksport rejasi muddatidan avval bajarildi

Bugun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan eksport bo‘yicha 2025 yil uchun belgilangan reja muddatidan oldin bajarildi.

Kombinat tomonidan shu kunga qadar 489,8 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz reja 100%ga ado etildi.

Bugungi kunda kombinat mis katodi, rux metali, mis katankasi, rux kuporosi, reniy, kadmiy, mis kuporosi, palladiy kukuni, qo‘rg‘oshin konsentrati va texnik tellur kabi mahsulotlarni 19 ta davlatga eksport qilmoqda.

E’tiborlisi, kombinatning mis katankasi va mis kuporosi kabi mahsulotlari Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya va Ispaniya kabi davlatlarga ham eksport qilinayapti.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy yilda barcha ishlab chiqarish prognoz rejalarining bajarilishi barobarida parallel ravishda ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan investitsiya loyihalari ham samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: joriy yilda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi liniyasi ishga tushirilib, kuniga 600 tonnadan konsentrat Mis eritish zavodiga yetkazilmoqda.

OKMK Axborot xizmati