Joriy yilning fevral oyida Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov va yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan ochiq muloqotlar davomida yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Navbatdagi ochiq muloqot 3-Mis boyitish fabrikasi faollar zalida tashkil etildi. Unda OKMK mas’ullari, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar, MTTU MISiS Olmaliq filiali o‘qituvchilari, “GyeoMyetTyex” ilg‘or muhandislik maktabi talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘z olgan Abdulla Xursanov bugungi kunda jahon siyosiy maydonida ro‘y berayotgan hodisalar va uning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri, kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarda yoshlarning ahamiyati borasida fikr-mulohazalarini bildirdi. Bugungi kunda OKMK jahonga yuz tutayotgani, yashil energetikani samarali joriy etayotganini ta’kidlab, energiya samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovlarda yoshlar tomonidan yaxshi takliflar berilayotganini alohida e’tirof etdi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, ularning kelajakdagi rejalari va qiziqishlari yuzasidan fikr almashildi. Jarayonda kombinat tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning hayotda munosib o‘rin topishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

OKMK boshqaruv raisi yoshlar tomonidan bildirilgan bir qator takliflar qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi. Xususan, kombinat yoshlari uchun zamonaviy elektron kutubxona tashkil etish, MTTU MISiS Olmaliq filiali bilan hamkorlikda IT markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kombinat faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni bolalar uchun  keng yetkazib berish maqsadida OKMK Axborot xizmati va Yoshlar ittifoqi hamkorligida milliy kontentlar tayyorlash markazini tashkil etish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Tadbirda OKMK Axborot xizmati va Yoshlar ittifoqi hamkorligida sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan “Misvoyning sarguzashtlari” animatsion filmi namoyish etildi. Kombinat yoshlari e’tiboriga yangi barpo etilgan 3-Mis boyitish fabrikasining markaziy dispetcherlik xizmati faoliyati ham batafsil tanishtirildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida jami yoshlar soni 10 ming 320 nafarni tashkil etadi. Shundan, oliy ma’lumotli yoshlar 1 ming 489 nafar (128 nafari magistr), Rahbar va muhandis texnik xodimlar soni 872 nafar. Kombinat bir necha yillar davomida O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib keladi. Mazkur oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan 180 nafar yoshlar bugungi kunda kombinat korxonalarida faoliyat yuritmoqda.

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK yosh mutaxassislarga qanot bo‘lmoqda