Olmaliq shahrida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etilgan mazkur forumda 200 dan ziyod ishtirokchilar, jumladan, 50 ga yaqin kombinatning xorijiy biznes hamkorlari qatnashdi. Forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining rivojlantirish istiqbollari va yo‘nalishlari, amalga oshirilgan islohotlar hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat.  

Ochilish marosimida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi A.Xursanov so‘zga chiqdi. Boshqaruv raisi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati, infratuzilma ob’ektlari hamda istiqbolli loyihalari va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.  

[gallery-12624]

Ma’lumki, kombinatning ishlab chiqarish quvvati asosini “Qalmoqqir”, “Sariq-Cho‘qqi”, “Yoshlik-1” ochiq konlari va 4 yerosti konlari zaxiralari tashkil etadi. OKMK mineral xom ashyosi bazasini kengaytirish va zaxiralarni JORC kodeksini standartlariga muvofiq qayta baholashni o‘tkazish maqsadida Britaniyaning “SRK Consulting” kompaniyasi jalb etildi. Natijada xalqaro standartlar talablariga muvofiq foydali qazilmalarning zaxiralarini baholash amalga oshirildi va konlarning matematik-geologik modeli yaratildi. Bugungi kunda ruda tarkibida oltin hajmi bo‘yicha kombinat zaxiralari (“Qalmoqqir” va “Yoshlik-1”) 1-o‘rinda, mis konlaridagi rudada o‘rtacha oltin tarkibi bo‘yicha 2-o‘rin, ruda hajmi bo‘yicha 3-o‘rin, ruda tarkibida mis hajmi bo‘yicha esa 6-o‘rinni egallaydi. Konsepsiya doirasida “Yoshlik-1 konini” o‘zlashtirish va 3-sonli Mis boyitish fabrikasini qurish amalga oshirilmoqda. Shuningdek, metallurgiya kompleksining yangi ob’ektlari qurilmoqda.  

Tadbirda kombinat faoliyati haqida videorolik namoyish etildi. Tadbirda shuningdek, “JPMorgan” bankining ijrochi direktori Yungxa Kim, “Glencore” kompaniyasining xaridlar bo‘yicha direktori Mariya Samoylova, “Falk Porsche” kompaniya ta’sischisi Falk Porshe O‘zbekistonning geografik joylashuvi, yaqin va uzoq sharq va g‘arb davlatlari bilan erkin savdo rejimlari, GSP+ benefitsiari maqomi, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ishlari, boy xom-ashyo resurslari hamda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berdi.  

Forum ishida, shuningdek, “Deutsche Bank”, “KfW-IPEX Bank”, “Siemens”, “Zippelin”, “Sepro mineral system”, “ME SOLUTIONS GP”, “ABM Anlagenbau und Maschinentechnik”, “Xingtai ME Mining Equipment”, “RWS optimum”, “UET Consulting”, “CRRC Dalian” va boshqa ko‘plab yirik xorijiy kompaniyalarning mintaqaviy rahbarlari va vakillari qatnashdi. Tadbir dasturi doirasida muzokaralar sohaga oid turli mavzularda loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tarmoq sohalaridagi erishgan natijalar, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga bo‘lgan talab, joriy etilishi mumkin bo‘lgan texnologik yechimlar bo‘yicha fikrlar almashildi.  

A.Musayev,O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda