O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati hamda Yevropaning yirik kompaniyalari vakillari o‘rtasida bir qator muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlik uchrashuvlari doirasida OKMK va jahonning yirik KFW IPEX banki o‘rtasida Markaziy Osiyoda muqobili bo‘lmagan Yangi Mis eritish zavodini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Falk-Porsche-Technik GmbH kompaniyasi bilan 50 ming tonna mis katankasi ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv shartnomasi imzolandi. Uning doirasida 100 dan ziyod ish o‘rni yaratilib, 450 million dollardan ortiq eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yangi barpo etilayotgan Mis eritish zavodi uchun ushbu kompaniya bilan polimerbeton vannalar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuv shartnomasi ham imzolanib, yiliga 24 million dollarlik mahsulot tayyorlanadi.  

Tashrif davomida yuqori voltli elektr dvigatellari va generatorlar ishlab chiqaradigan MENZEL kompaniyasi bilan qo‘shma korxona, elektr dvigatellar ishlab chiqarish bo‘yicha transfer zavodi va servis markazi tashkil etish kelishildi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining dastlabki qiymati 15 million yevroga baholanmoqda. Shuningdek, yangi qurilayotgan “Yoshlik-1” konini kompozit va shishatolali mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Fiberpipe kompaniyasi bilan qo‘shma ishlab chiqarish quvvatini tashkil etish bo‘yicha kelishuv shartnomasi imzolandi. OKMK va Yevropaning yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan GP Günter Papenburg AG o‘rtasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlarni tashkil etish maqsadida kombinatning texnik mutaxassislarini Yevropa mamlakatlari ta’lim muassasalarida tayyorlash bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Yana bir e’tiborli jihati – tashrif doirasida OKMK va ABM (Anlagenbau und Maschinentechnik GmbH) kompaniyasi o‘rtasida yillik tovar aylanmasi 15 million yevro bo‘lgan qo‘shma korxona tashkil etildi.  

Tashrif davomida erishilgan asosiy kelishuvlardan biri – bu dunyodagi eng yirik metallurgiya kompaniyasi sanalgan Aurubis AG bilan OKMKning mis mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanganini alohida qayd etish joiz. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va hamkorlikni rivojlantirish siyosati tufayli ushbu tashrif davomida OKMK va Yevropa kompaniyalari o‘rtasida qiymati 1450,2 million yevrodan ziyod hujjatlar to‘plami imzolandi.  

OKMK Axborot xizmati,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK va Yevropa kompaniyalari o‘rtasida qiymati 1,4 milliard yevrodan ziyod shartnomalar imzolandi