“Metallurg” MSda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sport jamoalarining 2024 yildagi musobaqalar natijalari bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisi Abdulla Xursanov ishtirok etdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisi Abdulla Xursanov kombinat nafaqat ishlab chiqarish sohasida faol balki sportda ham ko‘plab olamshumul yutuqlarni qo‘lga kiritayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, 2024 yil OKMK futbolchilari uchun ko‘plab zafarlar yili bo‘lganligini bildirdi. Abdulla Xursanov barchani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etar ekan, 2025 yilda ham kombinat rahbariyati tomonidan sport sohasi qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev OKMK rahbariyati tomonidan nafaqat futbolga balki shaxmat, gandbol, basketbol, kurash, karate, yengil atletika, pauerlifting, motokross kabi sport turlariga ham katta e’tibor qaratilayotgani tahsinga loyiqligini ta’kidladi. Ayniqsa, 2024 yilda bolalar futboliga qaratilayotgan e’tiborni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shundan so‘ng, sportchilar e’tirof etildi. Dastlab, sahnaga “Ayollar Oliy ligasi – 2024”da  ikkinchi o‘rinni egallagan “OKMK-W” ayollar futbol jamoasi taklif etildi. Ularga tantanali ravishda kumush medallar topshirildi. Bu yilgi mavsumni turnir jadvalining 2-pog‘onasida yakunlagan OKMK U-21 jamoasi futbolchilari hamda murabbiylar shtabiga ham kumush medallar topshirildi.

 O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘lgan murabbiy Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK professional futbol klubi a’zolari taklif etilib, ularga kumush medallar taqdim qilindi. Tadbirda, gandbol bo‘yicha OKMK erkaklar va ayollar jamoalarining erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Har ikki jamoa ham bu yilgi mavsumda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Oliy liga OKMK basketbol ayollar jamoasi ham mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib O‘zbekiston Respublikasi chempionatida g‘olib bo‘lgani qayd etildi.

Tadbir davomida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi Karate-do seksiyasi a’zolaridan Zilola Ashirqulova, Sanjarbek Erkinov, Sitora Axilboyeva, yengil atletika seksiyasidan Dilnura Haydarova va Beknur Abdiqodirov, belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan vakilimiz Sohibjon Boymatov va kurashchilar Diyorbek Abdunabiyev, Xudoyor Darobjonov, Eldor Jalilov, Behruz Ibrohimov, ko‘plab xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan pauerliftingchilar Kemron Shirinov, Samandar Abduvoitov, Metin Gafurov, Yelena Xardinalarning erishayotgan yutuqlari yoshlarga motivatsiya berishi ta’kidlandi. Ayniqsa, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy tarbiya va sport bo‘limi shaxmat klubi a’zosi Shohjaxon Sidiqov mart oyida O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni egallashi, iyun oyida Osiyo chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgani, barchani g‘ururlantirgani qayd etildi. 2025 yilda ham OKMK tomonidan shaxmat sport turi bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazilishi, shaxmatchilar qo‘llab-quvvatlanishi aytib o‘tildi. Ko‘plab xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sharafini himoya etib kelayotgan Andrey Sazonov boshchiligidagi OKMK motokrosschilari yutuqlari ham alohida e’tirof etildi.

OKMK futzal jamoasi mavsumni bronza medali bilan yakunlashdi. Ular ketma ket 5 yil O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Milliy chempionatimizda 3 karra kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2 karra superkubok egasiga aylangan. Tadbir davomida jamoa murabbiyi Aleksandr Petrovning mehnatlari ham munosib taqdirlandi. Joriy yilning 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari mamlakatimizda futzal bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati musobaqasiga amaliy yordam ko‘rsatgan OKMKga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mas’ullari tomonidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘asi topshirildi. Shuningdek, tadbir davomida OKMK PFKga  O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev tomonidan Feyr-pley sovrini ham taqdim etildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng, OKMK PFK mas’ullari ishtirokida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yil uchun belgilangan vazifalar yuzasidan hisobot-konferensiyasi o‘tkazildi. Unda 2024 yilda jamoada amalga oshirilgan ishlar, xususan, jamoa qoshida tashkil etilgan futbol akademiyasining faoliyati, jamoa maqsadlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda OAV vakillari va futbol muxlislari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Jumladan, muxlislar tomonidan kombinat sportchilari ishtirokida onkologik bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya futbol musobaqasini tashkil etish, Angrenda OKMK U 21  jamoasi o‘yinlarini o‘tkazish, safar o‘yinlarida ko‘proq muxlislar ishtirokini ta’minlash takliflari bildirildi. Bu kabi takliflar mas’ullar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. 

2024 yil kombinat sportchilari uchun samarali bo‘ldi. Kirib kelayotgan 2025 yilda ham sportchilarimiz jahon sport arenalarida mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishiga ishonamiz.

OKMK Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK sportchilari sharaflandi