Olmaliq kon metallurgiya kombinatining Mis eritish zavodi o‘zining 60 yilligini nishonlamoqda. Mis eritish zavodi Kombinatning eng yirik bo‘linmasi bo‘lib, katod misi, oltin va kumush, selen va tellur, sulfat kislotasi, mis kuporosi, ammoniy perrenat, kuydirilgan molibden yarim tayyor mahsulot va emallangan sim ishlab chiqaruvchi, ilg‘or texnologiya va xom ashyo tarkibidagi asosiy metallarni olish uchun to‘liq texnologik zanjirga ega zamonaviy korxona hisoblanadi.

Mis eritish zavodining bejizga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yuragi deyishmaydi. Aynan Mis eritish zavodida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” deb ataluvchi, o‘z safida 35 mingdan ziyod ishchi-xodimlarni birlashtirgan korxonaning mashaqqatli mehnatlari mahsuli yuzaga chiqadi. 

Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, so‘zga chiqqan OKMK boshqaruv raisi A.Xursanov korxona faoliyatiga to‘xtalar ekan, yiliga 148 ming tonnadan ziyod mis ishlab chiqarayotgan bu korxona mustaqillik yillarida yanada ravnaq topganini e’tirof etdi. 

Darhaqiqat, mustaqillik yillarida, korxonaning oltin va kumushni ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. 1991 yil 24 dekabrda zavodda ilk bor sof kumush olindi. Oradan ikki kun o‘tib Olmaliqning birinchi 999,9 sof oltini olindi. 1996 yilda London rangli metallar assotsiatsiyasi kombinatda yuqori sifatli kumush ishlab chiqarilishini rasman tan oldi. Shu yilning o‘zida London rangli metallar birjasi kombinat kumushiga “Eng yaxshi yetkazib beruvchi” maqomini berdi. 

Bayram tadbirida bir guruh ilg‘or metallurglar “Konchilik Shuhrati” ko‘krak nishoni, faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Yubiley ayyomida shuningdek, AQSH va Yevropaning yetakchi kompaniya vakillari ham ishtirok etdi. 

[gallery-15076]

– Bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli sanoat sohasi jadal suratlarda rivojlanib bormoqda, – dedi Finlyandiyaning Metso Outotec kompaniyasi prezidenti Piya Karxu.– Biz kabi xorijiy investorlarning qiziqishlari ham yildan yilga ortib boryapti. Kompaniyamiz Olmaliq kon metallurgiya kombinati bilan bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. Biz kombinatning yangi boyitish fabrikasi va yangi metallurgiya kompleksi uchun uskunalar yetkazib berishni rejalashtirganmiz. Bugungi kunda kombinatda amalga oshirilayotgan mega loyihada ishtirok etganimizdan mamnunmiz. Bugun mis eritish zavodining yubiley tadbirida ishtirok etarkanmiz, korxona erishgan yutuqlari bardavom bo‘lishini va o‘ziga xos an’analarini saqlab qolgan holda yanada rivoj topishini tilaymiz. 

Tadbir davomida mashhur xonadalar ishtirokida konsert dasturi havola etildi.

Konsert dasturidan so‘ng xorijiy mehmonlar va kombinat faxriylar Qalmoqir va Yoshlik konlari, 3 Mis boyitish fabrikasi qurilish jarayoni va Mis eritish zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek tashrif davomida faxriy metallurglar bugungi avlod metallurglari bilan misdan Do‘stlik quymasini quyishdi. Unga kelajak avlodga maktub joylandi. 

Maktubda korxonaga asos solgan faxriylar, va hozirda mehnat qilayotgan metallurglar nomidan kelajakda shu zavodda ishlaydigan yosh avlodga tilaklar izhor etildi. Yubiley ayyomi “Tojmahal” banketlar zalida davom etdi 

OKMK matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: Mis eritish zavodi 60 yoshda