OKMK Mis boyitish fabrikasining Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi mehnat jamoasi tomonidan molibden metallini ishlab chiqarish bo‘yicha yillik prognoz ko‘rsatkichi muddatidan avval bajardi.

Joriy yilda kombinatning 1- va 2- Mis boyitish fabrikalariga umumiy hisobda 788,5 tonna molibden yarim mahsuloti ishlab chiqarish prognozi qo‘yilgan edi. 1-Mis boyitish fabrikasining molibden konsentratlarini saralash sexi tomonidan ushbu prognoz 2023 yilning 11 oktyabr kuni 100 foizga bajarildi. Bunday natijaga erishishda albatta sex mehnat jamoasining samarali harakatlari hamda fabrikada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki, sexda olib borilgan rekonstruksiya ishlari mobaynida 2-texnologik bo‘g‘in kapital ta’mirdan chiqarildi.  

Asosiy texnologik ishlab chiqarish jarayoniga jami 42 yangi flotokameralar o‘rnatilib, ishga tushirildi. Bu o‘z navbatida sifat ko‘rsatgichlarining ko‘tarilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘tgan yilga nisbatan molibdenning miqdori 109 foizga o‘sdi. Shuningdek, rudadagi molibden miqdorida ham o‘tgan yilga nisbatan 104.4 foizlik o‘sish kuzatildi.  

OKMK Axborot xizmati,  

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: Mis boyitish fabrikasida molibden metallini ishlab chiqarish prognozi muddatidan avval bajarildi