Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasini ishga tushirish ishlari davom etmoqda. Loyiha doirasida “Yoshlik-1” koni uchun bir qator zamonaviy texnologik kon transport vositalari olib kelinmoqda.

Kuni kecha konga transport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan Texnologik transport boshqarmasi texnoparki yana  ikkita zamonaviy avtogigant bilan boyidi.

TTB boshlig‘ining transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Niyazmetovning ma’lum qilishicha, loyiha doirasida 2024 yilda yana 5 dona NMTE-240 rusumli avtosamosval olib kelinishi rejalashtirilgan. Yanvar oyida 2 ta ana shunday avtogigant keltirilgan edi. Yaqin kunlarda yana 1 dona mana shunday samosval olib kelinadi. Ushbu samosvallarning yuk ko‘tarish quvvati 236 tonnani tashkil etib, transport vositasi to‘liq avtomatlashtirilgan. E’tiborlisi, ushbu avtosamosvallar mahalliylashtirish dasturi asosida "NURAFSHON-MAXSUS-TEXNIKA" MCHJda ishlab chiqarilmoqda.

Ma’lumot uchun: 2020-2021 yillarda “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasi” doirasida 29 ta 220 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan “BelAZ” rusumli avtosamosvallar keltirilgan.

OKMK

Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: ish samaradorligi yanada oshadi