Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama muhofaza qilish, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham aholining nogironligi bo‘lgan qatlamini, maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu ezgu an’anaga sodiq qolgan holda 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. OKMK homiyligida Olmaliq shahridagi 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab internati, 6-sonli yordamchi maktab hamda Piskent tumanidagi 79-sonli, Angren shahridagi 34-sonli nogiron bolalar maktab internati va 9-sonli imkoniyati cheklagan bolalar ixtisoslashtirilgan maktabida tahsil olayotgan 1-5 sinf o‘quvchilariga jami 518 komplekt maktab formalari tuhfa etildi. Bu kabi ezgu amallar bardavomlik kasb etadi.
OKMK matbuot xizmati