Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2022 yilning yanvar-fevral holatiga ko‘ra mahsulotlar eksporti ortig‘i bilan bajarildi.
Jumladan, o‘tgan ikki oyda 97 664 000 dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan edi. Amalda 152 million 212 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Reja 155.9 foizga bajarilgan. O‘sish surati 106,6 foizni tashkil etdi.
Mahsulotlar kesimida tahlil etganda 11085 tonna mis mahsulotlari eksport qilingan. Xususan, 10514 tonna mis katodi, 572 tonna mis quvurlari xorijlik hamkorlarga yetkazib berilgan.
Rux mahsulotlari eksportida ham yuqori natija qayd etilgan. Jumladan, 9819 tonna mahsulot eksport qilingan. Bunday yuqori natija molibden mahsuloti eksportida ham kuzatildi. Rejadagi 60 tonna mahsulot o‘rniga 144 tonna eksport qilingan. Shuningdek, o‘tgan davrda 71 tonna kadmiy, 1016 tonna mis kuporasi, 5951 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksport qilinib belgilangan reja ortig‘i bilan bajarilgan.
OKMK axborot xizmati