Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida ham 2023 yilning birinchi choragida yuqori natijalar qayd etildi. Xususan, 2023 yil yanvar-mart holati bo‘yicha 174,7 million dollar miqdorida mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 100,4 foizga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida olsak 1-chorakda 12,9 ming tonna mis mahsulotlari va 8,2 ming tonna rux metali xorijga yuborilgan. Shuningdek, reniy, mis kuporosi, molibden va volfram mahsulotlari eksportida ham rejaviy vazifalar bajarilishi ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
OKMK Axborot xizmati
O‘zA