Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025 yilning birinchi choragida barcha ishlab chiqarish rejalari ortig‘i bilan bajarildi. Bu haqida Olmaliq kon- metallurgiya kombinati Axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi chorak bo‘yicha 8,2 trillion so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan. Amalda  9,1 trillion so‘mlik tovar mahsulotlari tayyorlangan. Reja 113,9 foizga  bajarilgan. Shuningdek,  reja bo‘yicha belgilangan 1,7 milliard so‘mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish amalda 2,3 milliard so‘mga bajarilgan. Mis katodi ishlab chiqarish vazifasi esa 101,4 foizni tashkil etgan. O‘z xom ashyomizdan mis  ishlab chiqarish prognozi 118,4 foizga, rux ishlab chiqarish esa 102,7 foizga bajarilgan. Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar ishlab chiqarish  rejalari ham ortig‘i bilan bajarilgan.

Kombinat tomonidan hisobot davrida eksport rejasi  105,4 foizga bajarilib, 101 million 735 ming dollarlik mis katodi, mis katankasi, rux, rux kuporosi, mis kuporosi, kadmiy, texnik tellur kabi mahsulotlar xorijga sotilgan. Mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshirilayotgan 93 ta loyiha bo‘yicha 312,4 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Import o‘rnini bosish samaradorligi 24 million dollarni tashkil qilgan. Yangi loyihalar bo‘yicha 252,7 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan.  E’tiborli tomoni shundaki mahalliylashtirilgan mahsulotlardan 364,2 ming dollar miqdorida eksport amalga oshirilgan. Importni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jami 11,6 million dollar valyuta mablag‘i tejalgan. Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali jami 436,8 milliard so‘mlik mahalliy mahsulotlar xaridi amalga oshirilgan.

Axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, kombinatda investitsiya dasturi va raqamlashtirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, birinchi chorak yakuni bo‘yicha 205,4 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlar hisobidan 105,4 million dollar o‘zlashtirilgan holda reja 101,7 foizga ado etildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2025 yilda  raqamlashtirish doirasida 21 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Joriy yilning birinchi choragida 8 ta loyiha ishga tushirildi. Xususan, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini qo‘llash, boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish va ish yuritish jarayonini raqamlashtirish, sun’iy intellekt tizimini rivojlantirish, IT sohasida xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. “E-Metrologiya” axborot tizimi ishga tushirilgani, 46 mingta nazorat va o‘lchov asboblarining ma’lumotlar bazasi yaratilgani shular jumlasidandir.  2900 nafar foydalanuvchilarning elektron pochtasi himoyalandi, 5 ming tarmoq qurilmalarini monitoring qilish (NAC) tizimi yaratildi.

Sustainable Fitch reyting agentligi tomonidan 2025 yil fevral oyida kombinatga  ESG Entity Rating “3” darajali reytingi va 56 ball berildi. Bu kombinatning barqaror rivojlanish strategiyasi, shuningdek, ijobiy boshqaruv va ekologik profili, tog‘-kon va metallurgiya sanoatiga xos ekologik muammolarni hisobga olgan holda faoliyat yuritishini bildiradi. Bu reyting Respublika kon-metallurgiya sanoati sohasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Baholash kombinatning talablarga muvofiqligi, tasnif(taksonomiya)larga rioya qilishi, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi hamda ESG mezonlarini biznes, strategiya va boshqaruvga integratsiya qilishini qamrab oladi.

Bundan tashqari, Olmaliq kon metallurgiya kombinati  joriy yilning fevral oyida  ISO 50001:2018 talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatni qo‘lga kiritdi. Mazkur sertifikat  energiya iste’molini tizimli boshqarish, xarajatlarni kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan xalqaro standart hisoblanadi. Uning joriy etilishi korxonalarga energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yordam beradi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: barcha rejalar ijrosi amalda va nazoratda