Joriy yilning 9 oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mahsulotlar eksporti borasida barcha belgilangan prognozlarning bajarilishi ta’minlandi. Xususan, xorijiy iste’molchilarga 9 oy davomida 42 222 tonna mis mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, prognoz 147,1 foizga bajarildi. Shuningdek, xorijga 21554 tonna rux mahsulotlari jo‘natilgan.

Bundan tashqari, 9069 tonna mis kuporosi eksporti amalga oshirilib, prognoz 151,2 foizga bajarilganini alohida qayd etish lozim. Reniy, kadmiy, palladiy kukuni, kabi mahsulotlarning eksportida belgilangan prognozlar bajarilishiga erishilgan. Molibden mahsulotlari hamda qo‘rg‘oshin konsentrati eksportida ham yuqori natijalar kuzatilgan. 9 oyda 580 tonna molibden mahsulotlari(prognoz 107,4%), 12 289 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati(prognoz 108,8%) eksport qilingan.

Yanvar-sentyabr holatiga eksport prognozi 120,1 foizga bajarilib, 486 107 000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan. Bugungi kunda yurtimizda xom ashyodan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yurtimizda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish jadal rivojlanishi oqibatida ichki bozorda misga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shuningdek, kombinatda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumot uchun: yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024 yilda yangi eksport bozorlari o‘zlashtirildi. Jumladan, joriy yildan boshlab Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilyapti.

OKMK Sotish va metallurgiya 

xom ashyolarini yetkazib berish boshqarmasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: 9 oylik eksport prognozlari bajarildi