Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi 2022 yilni samarali yakunladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, yangi turdagi mahsulotlarni kashf qilish va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish barobarida OKMK tomonidan belgilangan barcha vazifalar bajarilishiga erishildi.

Xususan, 2022 yilda kombinat tomonidan 30,5 trillion so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 108,3 foizga bajarildi. Shu jumladan mis katodi, oltin, kumush, rux metalli, oltingugurt kislotasi va boshqa mahsulotlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 100 foizga bajarilishi ta’minlandi.  

[gallery-10189]

Investitsiya dasturi doirasida 788,8 million dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobarga o‘sish sur’atiga erishildi. Joriy yilda Investitsiya dasturidagi loyihalar doirasida umumiy qiymati 1 251,1 milliard so‘mlik 15 ta ob’ekt, Nodir metallar ishlab chiqarish birlashmasida umumiy qiymati 40,8 milliard so‘mlik 5 ta ob’ekt hamda ijtimoiy sohada umumiy qiymati 116,1 milliard so‘mlik 5 ta ob’ekt foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, Raqamlashtirish dasturi doirasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan 48 ta axborot tizimlari joriy qilindi.  

Eksport bo‘yicha 947,5 million dollarlik mahsulot realizatsiya qilinishi natijasida reja 110,8 foizga bajarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 334,1 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 141 foizga bajarildi. Shuningdek, 2022 yilda OKMK tomonidan byudjetga rekord darajada – 18,6 trillion so‘m to‘lovlar amalga oshirildi. Yana bir muhim jihat kombinat 2022 yilni 6,2 trillion so‘m sof foyda bilan yakunladi. 2023 yilda kombinat 100 million tonna rudani qayta ishlashni rejalashtirgan.  

OKMK Axborot xizmati  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: 2022 yil samarali yakunlandi