Navoiy viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tashabbusi bilan OITSga qarshi kurashish markazi, Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, AOKA viloyat boshqarmasi hamkorligida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, “95-95-95” strategiyasi doirasidagi ishlar, OIV profilaktikasi, OIV infeksiyasi bilan bog‘liq stigmatizatsiya va diskriminatsiyaning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish dinamikasi to‘g‘risida so‘z yuritildi.  

– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2030 yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun “95-95-95” strategiyasi ilgari surilgan bo‘lib, uning doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishlari, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi kerakligi ta’kidlangan, – deydi OITSga qarshi kurashish markazi direktori A.Ro‘ziyev. – Shuningdek, Prezident qarorida OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishiga barham berilishini ta’minlash, nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo‘yicha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirish hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali FHDYO organlari va tegishli tibbiyot muassasalari o‘rtasida elektron hamkorlikni tashkil qilish belgilangan. Bugungi kunda tekshirish ishlari mazkur tizim orqali amalga oshirib kelinmoqda.  

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, viloyatda mavjud davolash-profilaktika muassasalarida yotib davo muolajalarini  olgan bemorlarning 81 ming 688 nafari OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazilgan.  

2024 yilning 11 oyi holatiga viloyat aholisi orasida OIV infeksiyasining aniqlanishi har 100 ming aholi soniga nisbatan 4,5 foiz ko‘rsatgichni tashkil etmoqda. Tahlillarga ko‘ra, bu ko‘rsatgich o‘tgan yili 4,7 foizni tashkil qilgan.  

[gallery-20988]

Aholiga qulayliklar yaratish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida Xatirchi tumanidagi OIV diagnostika laboratoriyasi yangidan qurilib, barcha kerakli tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Kelgusida esa Qiziltepa tumanidagi OIV diagnostika laboratoriyasida qayta ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.  

Matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli tartibda javob oldi.   

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OIV infeksiyasiga qarshi kurashish dolzarb vazifa