O‘zbekistonda 51 mingga yaqin kishi OIV infeksiyasi tashxisi bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollarni tashkil etadi. 2025 yildan OIV bilan yashovchi shaxslarga chegarasiz tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Bu yuzasidan joriy yilning 27-noyabr kuni o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda m’lum qilindi. 

“OITSga qarshi kurashish tizimini raqamlashtirish: innovatsiyalar, muammolar va amaliy yechimlar” mavzusiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar vakillari, jamoatchilik faollari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Unda odamning immunitet tanqisligi virusi(OIV), orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining(OITS) tarqalishi bilan bog‘liq muammolar, sohadagi innovatsion yechimlar va raqamlashtirish jarayonlari haqida so‘z yuritildi. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1983 yildan buyon dunyoda 85,6 million kishi OIV infeksiyasiga chalingan bo‘lsa, ularning 40,4 millioni ushbu kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, mamlakatimizda ham vaziyat xavotirli bo‘lib,  O‘zbekistonda 51 mingga yaqin kishi OIV infeksiyasi tashxisi bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollarni tashkil etadi. 

Bugungi kunda infeksiyaning asosiy yuqish yo‘li pala-partish jinsiy hayotda yashash ekanligi aniqlangan.

Tadbirda sohadagi yutuqlardan biri sifatida davlat tomonidan qator chora-tadbirlar ko‘rilayotgani qayd etildi.

Xususan, O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan, OITSga qarshi kurashish tizimini yanada mustahkamlash bo‘yicha yo‘naltirilgan ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Anjumanda shuningdek, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilgan loyihalarning natijalariga alohida e’tibor qaratildi. OIV infeksiyasi bilan kasallanganlarning monitoringi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida, elektron axborot tizimi joriy etilgan. 

Bu tizim real vaqt rejimida dori vositalari va test tizimlari harakatini kuzatish imkonini beradi. Shu bilan birgalikda, idoralararo integratsiya orqali ma’lumotlar almashuvi ham yaxshilangan. Qayd etilishicha, bugungi kunda migratsiyada bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatga olinishi va davo choralarini ko‘rish masofadan turib amalga oshirilmoqda. 

Bundan tashqari, tibbiy xizmatlarni optimallashtirish orqali soha mutaxassislari faoliyatining samaradorligi oshirildi.

“Yagona tibbiyot axborot tizimi” orqali axborot almashish, foydalanuvchilar uchun interaktiv xaritalar yaratish va tibbiy testlarga onlayn yozilish imkoniyatlari tashkil qilingan. 

YUNISEF bilan hamkorlikda aholi, xususan, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Yaxshi narsalar interneti” mobil ilovasi joriy qilingan. Bu ilova orqali internet mavjud bo‘lmagan hududlarda ham ma’lumot tarqatish imkoni mavjud. 

Shuningdek, JSST tavsiyalari asosida Toshkentda ishga tushirilgan o‘z-o‘zini test qilish tizimi ham endi butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar raqamlashtirishning ahamiyati borasida fikr almashdilar. Aniq ma’lumotlar asosida tezkor qarorlar qabul qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi sifatini oshirish va aholining himoyalanganlik darajasini yaxshilash sharoitiga erishilayotgani,  2025 yildan OIV bilan yashovchi shaxslarga chegarasiz tibbiy xizmat ko‘rsatish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. 

OITSga qarshi kurashish – bu nafaqat tibbiyot sohasi, balki butun jamiyat uchun muhim vazifa. Raqamli texnologiyalar esa bu borada sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirishda muhim vositaga aylanmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GRWgFAeOxhI" title="OITSga qarshi kurashishda raqamlashtirish, innovatsiyalar, muammo va yechimlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, U.To‘xtayev, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OITSga qarshi kurashishda raqamlashtirish, innovatsiyalar, muammo va yechimlar (+video)