Oilaviy tadbirkorlik – baraka manbai (+video)
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida oilaviy tadbirkorlar soni sezilarli ko‘payib, o‘zini o‘zi band qilgan holda salmoqli daromad topayotganlar ancha-munchani tashkil etadi.
Bunga A. Yassaviy mahallasida yashovchi Haydarovlar oilasini misol qilib keltirish mumkin. Xonadonda paypoq ishlab chiqarish sexi ochilgan bo‘lib, mahalladan 5 nafar ayol ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari oilaning bir sotixli issiqxonasi bor, chorvachilik, parrandachilik ham ro‘zg‘orning bir tomonini tutib turibdi.
[gallery-19623]
Shunday qilib, xonadon sohiblari oilaviy tadbirkorlik orqali yiliga 150-200 million so‘mdan ziyod daromad topmoqda.
- Uydan chiqmagan holda mehnat qilib, daromad topaman, degan odam uchun hozirgi kunda hamma sharoit bor, - deydi O‘rozgul aya Haydarova. – Insonning to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa, harakat qilib, oldinga intilsa, bas, nonini butun topadi, davlatdan yordam kutmay, boqimanda bo‘lmay, ro‘zg‘or tebratadi. Bu oilada o‘sayotgan farzandlar tarbiyasi va kelajagi uchun ham muhimdir.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/INVtJapxwyY" title="Oilaviy tadbirkorlik – baraka manbai" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shahriyor ORTIQBOEV (surat va video), O‘zA