Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Sheyxon” oilaviy shifokorlik punkti mukammal ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.

Oilaviy shifokorlik punkti binosini ta’mirlash uchun davlat byudjetidan 350 million so‘m mablag‘ sarflandi. 

“Sheyxon” qishlog‘ida hozirgi kunda 2 ming nafardan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Qishloq aholisiga 2017 yilgacha ushbu oilaviy shifokorlik punkti tibbiy xizmat ko‘rsatib kelgan. Shu yilda “Dehoji” qishloq oilaviy poliklinikasi tarkibiga qo‘shib yuborilgan edi. OSHPning qayta tashkil etilishi sheyxonliklar uchun katta qulaylik yaratdi.

Yangi ish boshlagan oilaviy shifokorlik punkti zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Inoyatov qatnashdi.

Zarif Komilov,
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy shifokorlik punkti qayta ish boshladi