Xovos tumanining Yangiyer mahallasi hududida joylashgan Zafarobod oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.

4900 nafar aholiga xizmat qiladigan oilaviy shifokorlik punkti binosining qurilganiga 24 yildan ko‘p vaqt bo‘lgandi.

–Oilaviy shifokorlik punkti  binosini qayta rekonstruksiya qilib, foydalanishga topshirishda Prezident tashabbusi bilan tashkil  etilgan "Tashabbusli byudjet"  loyihasi biz tibbiyot  xodimlar uchun nihoyatda qo‘l keldi,–deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Maqsatulla  Narzullayev,–O‘tgan yili "Tashabbusli byudjet"da tibbiyot xodimlarimiz g‘olib bo‘lib, natijada  800 million so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritib, ko‘pdan buyon qiynab kelayotgan muammoga yechim topdik.

Eski bino bugungi kun talabiga javob beradigan darajada  qayta rekonstruksiya qilindi.  Eski, ta’mirtalab bo‘lib qolgan tibbiy jihozlar yangisiga almashtirildi,  Nafaqat tibbiyot xodimlariga, davo umidida kelib- ketayotgan aholi vakillari uchun ham munosib shart-sharoit yaratildi.  Kunduzgi statsionar havas qilar darajaga keltirilib, zarur tibbiy jihoz, apparat, kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi.

[gallery-21778]

Bundan tashqari, "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasining Sirdaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasiga  qarashli ijtimoiy dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, surunkali kasalligi bor, Reimbursatsiya  dasturi asosida dori-darmon yoki oddiygina shamollashga qarshi dori-darmon olmoqchi bo‘lgan aholi vakillari uchun nihoyatda qulay bo‘ldi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pD4xHrDvBwE" title="Oilaviy shifokorlik punkti ishga tushdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

–Ayni vaqtda "Tashabbusli byudjet"ning  ikkinchi mavsumida ishtirok etyapmiz. Niyatimiz amalga oshsa,  oilaviy shifokorlik punktimiz uchun zarur bo‘lgan EKG, UTT kabi tibbiy apparat, laboratoriya va boshqa kerakli jihozlarni  xarid qilamiz. Bu esa, kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash, davolashda qo‘l kelibgina qolmay,  tibbiy tekshiruvlardan o‘tish uchun  tuman, shahar markazlaridagi tibbiyot muassasalarga  qatnayotgan aholining tashvishini yengillashtiradi,–deydi oilaviy shifokorlik punkti  mudiri,  oila shifokori Boboqul Akkiyev.

G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat, video),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy shifokorlik punkti ishga tushdi (+video)