Oilalar tinchligini asrash, ularning turmush tarzini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻzining ijobiy samarasini berib, Fargʻona viloyatida ajrimlar soni kamayishiga erishilmoqda.

Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, oʻtgan yilga nisbatan bu kabi salbiy holatlar 386 taga kamaydi. Xususan, viloyatdagi 312 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida oilaviy ajrimlar qayd etilmadi.

Oila masʼuliyati, uning qadriyatlariga nisbatan hurmat bilan qarash xalqimizning ezgu fazilatlaridan. Bu dargoh mustahkam boʻlsa, jamiyat taraqqiy etadi. Shahar va tumanlarda oila qoʻrgʻonini yana-da mustahkamlash, ayniqsa, yoshlarning bu boradagi masʼuliyatini oshirish yuzasidan koʻpgina ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Afsuski, uning darz ketishi holatlari, yaʼni ajrimlar ham koʻp kuzatilmoqda.

– Oilalarning buzilishi bilan bogʻliq muammolarning eng asosiy sabablari hozirgi kunda farzandsizlik, ichkilik va oiladagi notinchlik, migratsiya hamda moddiy yetishmovchiliklardan iborat, – deydi davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi FHDYO boʻlimlari faoliyatida huquqni qoʻllash va faoliyatini metodik taʼminlash boʻlim boshligʻi Shahnoza Imomova. – Bu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida yoshlarni arzon uy-joy, ish bilan taʼminlash, kasbga yoʻnaltirishga koʻmaklashish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. 

Lekin bu muammolar yechimga asos boʻla olmaydi. Toʻgʻri, viloyatimizda ajrim bilan bogʻliq holatlar kamaygan. Biroq hali ogʻriqli nuqtalarimiz koʻp. Jamiyatda oilaga boʻlgan munosabat oʻzgarib bormoqda. Ajrimlar yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi, oila muqaddas qoʻrgʻon ekanligini bola ongiga singdirishni maktabdan boshlashimiz kerak. Bundan tashqari, hali rasman tasdiqlanmagan boʻlsa ham nikoh yoshini qizlarga nisbatan oshirish masalasi oʻrtaga qoʻyilgan. Buni shakllantirish va yana-da mukammalroq ishlab chiqish lozim. Qizlarning nikoh yoshini oshirilishi ajrimlarning sezilarli darajada kamayishiga turtki boʻladi.

Ikki farzandning onasi Shamsiya turli mojaralar oʻylab topib ajralish istagida ekanligini iddao qilib ota uyiga ketib qoldi. Oilani saqlab qolish istagida boʻlgan Bunyod bir necha bor ortidan bordi. Xotinidan joʻyali javob ololmagach qonuniy ajralish uchun sudga murojaat qildi. Turmush oʻrtogʻining bu qarorini kutmagan Shamsiya har tomonga yelib yugurdi, yaqinlarni oʻrtaga soldi. Oilaviy mojara sabablarini oʻrgangan mutasaddilar Shamsiyaning kirdikorlaridan hayron qoldi. Emishki u, shu yoʻl bilan turmush oʻrtogʻiga oʻzini kimligini koʻrsatib qoʻymoqchi boʻlgan.

Xayriyat yaxshilarning koʻmagi, maslahati bilan bir oila taqdiri saqlab qolindi. Lekin hayotga yengil-yelpi qarash, uni faqat oʻyin-kulgidan iborat deb bilish, erkalik, tantilik baʼzan oilalar parokandaligiga sabab boʻlib qolayotganiga koʻz yumib boʻlmaydi.

– Mahallamizda oilaviy ajrim va nomurosa oilalar bilan bogʻliq salbiy holatlar koʻpaygan, – deydi Beshariq tumani “Dala Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Venera Qodirova. – Shu kunga qadar 6 ta oilaviy ajrim bilan bogʻliq holatlar qayd etildi 2 ta ajrim yoqasida turgan oilalarni murosaga keltirish yuzasidan amaliy ish olib boryapmiz. Imkon qadar har bir notinch oilalar bilan ishlash, muammolarini oʻrganish, amaliy yordam berishga eʼtibor beryapmiz, murabbiylar biriktirib, oila qurishni maqsad qilgan yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar olib boryapmiz.

Beshariq tumanidagi 26 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida oilaviy ajrimlar bilan bogʻliq holatlar oshgan. Bu yerda shu kunga qadar 121 ta oilaviy ajrim boʻlgan. Bir qaraganda, bu oddiy raqamlar xolos. Lekin uning ortida yuzlab norasida goʻdaklarning achchiq hayot qismati, ertangi kelajagi turganligini unutmasligimiz kerak.

– Oilaviy ajralishlar bilan bogʻliq holatlarning asosini shaʼriy nikoh asosida yashab, keyin nikohni rasmiylashtirgan oilalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Oʻn yil yashab farzandli boʻlgan oilalar bor. Bular qonuniy nikohdan oʻtishi uchun birinchi nikohini bekor qilishlariga toʻgʻri kelmoqda, – deydi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Beshariq tumani boʻlimi bosh mutaxassisi Mahfuza Rasulova. – Shuningdek, farzandsizlik, yoshlar oʻrtasida vujudga kelayotgan oʻzaro kelishmovchilik oilaviy ajrimlar asosini tashkil etadi. 

Chunki mahalla fuqarolar yigʻini qoshida tashkil etilgan ”Qaynonalar kengashi” ish faoliyatida samaradorlik yoʻq. Bu sohada ish olib boruvchi faollarni ragʻbatlantirish, masʼuliyatini yana-da oshirish zarur. Qolaversa, joylarda yoshlarni oilaga tayyorlovchi malakali psixologlarning yetishmayotgani ham muammolar koʻlamini kengaytirmoqda. Vaziyatdan chiqish maqsadida hududlardagi oʻrta taʼlim maktablarida ish olib boruvchi psixolog oʻqituvchilar koʻmagiga suyanyapmiz. Lekin ular bolalar psixologiyasi boʻyicha mutaxassis xolos. Yoshlarni oilaga tayyorlash esa alohida tayyorgarlik bilan ish olib borishni talab qiladi. Ayrim yoshlar oilani muqaddas qoʻrgʻon, uni asrab-avaylashga hamma birdek masʼul ekanliklarini anglab yetmayapti.

Bitta oilaning ajralishiga ham befarq qarab boʻlmaydi. Shunday ekan, oilalar mustahkamligi faqat mahallani ishi emas, balki jamoatchilik, faollar eʼtiborli boʻlishi kerak.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy ajrimlar: muammo, sabab va omillar
Жамият
11:30 / 26:10:2020