O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular quyidagilardan iborat: 

a)  2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash; 

b)  250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish; 

v)  250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish; 

g)  50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish. 

"HAMROH" tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan boshlab: 

a)  xotin-qizlarga "yashil loyihalar" va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi;

b)  ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi; 

v)  ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Qarorga ko‘ra, "Loyihalar fabrikasi" platformasi negizida "Tadbirkor ayollar" platformasi 2025 yil 1 iyulga qadar ishga tushiriladi. 

Platforma: 

a)  ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish; 

b)  o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;

v)  zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish; 

g)  loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish imkonini beradi. 

Savdo-sanoat palatasi 2025 yil 1 maydan boshlab "Hamkor tadbirkor" dasturini yo‘lga qo‘yadi. Dastur o‘z biznesini tashkil etmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish,  mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga o‘z mahsulotlarini joylashtirish va sotishga ko‘maklashishni nazarda tutadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi