Yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha izchil islohotlar olib borilyapti.

Ayollarning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni yanada oshayotir. 

Tahlillarga ko‘ra, ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a’zolarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. 

Bu bilan O‘zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlamentlar o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. 

Albatta, ushbu raqamlar ortida katta mehnat, o‘z ishiga mas’uliyat, o‘z ustida tinmay izlanish, uzluksiz malaka va mahoratini oshirib borish jarayoni yotibdi. Mukammallikning chegarasi bo‘lmaganidek, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, yangi bosqichga olib chiqish bugungi Taraqqiyot strategiyasining ustuvor vazifalari qatoridan o‘rin olmoqda. Prezidentimiz raisligida 1 mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

Aytish joizki, xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarimizga maqsadli va tizimli yordam berish maqsadida joriy etilgan “Ayollar daftari”ga 2020 yilda kiritilgan 900 mingga yaqin xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 

Nozik hilqat vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi qayta tashkil etildi. Ezgu tadbirlarni amalga oshirish uchun jamg‘armaga har yili byudjetdan 300 milliardgacha pul va turli imtiyozlarning berilishi ham O‘zbekistonda xotin-qizlarni e’zozlash, jamiyatdagi rolini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanganiga yaqqol misoldir. 

Yig‘ilishda hozirgi kunda “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qizlar ro‘yxatda turgani, ulardan 200 ming nafari ishsiz ekanligi aytilib, bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchilik hamda nuroniylarning o‘rni va ta’siri sezilmayotgani qayd etildi. 

Bu boradagi ishlarni joy-joyiga qo‘yish hamda har bir mahalla kesimida amalga oshirish uchun Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Endilikda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda “Ayollar daftari” jamg‘armasi mazkur qo‘mita tomonidan boshqariladi. Yurtimizdagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari ham qo‘mita tizimiga o‘tkaziladi. Muhimi, har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi. 

Umuman olganda, ayol bor jamiyatda, oilada, ijtimoiy muhitda tinchlik-totuvlik, osoyishtalik, ezgulik, saranjom-sarishtalik, sabr-qanoat, mehr-oqibat bo‘ladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bugungi farovon hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz ayollarga bog‘liq. 

Gulruh AGZAMOVA, 
Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi deputati

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila sha’ni, mahalla vijdoni, yurt timsoli