Mamlakatimizda oila masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qaraladi. Buni, bosh qomusimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oilaga alohida bob ajratilganida ham ko‘rish mumkin. Jahonda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan farqli o‘laroq ko‘plab davlatlar o‘z konstitutsiyalarida oila masalasiga qisman o‘rin ajratgan bo‘lsada, unga alohida bob ajratilgani bugungi kungacha tajribada kuzatilmagan. Mazkur yondashuvning o‘zi Konstitutsiyamizda oilaga “jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” statusi hamda “jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqi” bejiz berilmaganini ko‘rsatadi.

Oila masalasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yana bir o‘ziga xos jihati, unda oilaviy munosabatlar, ya’ni ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarda har ikki tomon manfaat va majburiyatlarini inobatga olinganidir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida “Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar” deyilsa, 80-moddasida “Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar” deyiladi. 

Konstitutsiyamizda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarda har ikki tomonning manfaat va majburiyatlariga bejiz teng ravishda e’tibor qaratilmagan. Chunki, bundan qariyb yigirma yetti asr oldin yashagan yunon olimi Platon ham o‘zining “Qonunlar” asarida mazkur muammoga e’tibor qaratgan xolda “ofat, balo faqat yarim bo‘lsa, - masalan, qachonki ota yomon emas, o‘g‘il esa yomon yoki aksincha bo‘lsa, - u holda katta baxtsizliklar ro‘y bermaydi” deya, oilaviy munosabatlarda “butun balo, ofat” ya’ni, har ikki tomon ham o‘z majburiyatlarini teng ravishda bajarmasligi o‘ta xavfli ekaniga urg‘u beradi. 

Yuqorida aytilganidek, mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77- va 80-moddalarida ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarda har ikki tomonning manfaat va majburiyatlariga teng ravishda e’tibor qaratilish orqali o‘z yechimini topgan. Ushbu yondashuvni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarida aks etishi Konstitutsiya qabul qilingan sanadan boshlab ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi majburiyatlar axloqiy normalar doirasidan chiqib, Konstitutsiyaviy majburiyatga aylanganidan dalolat beradi. Bu xolat muhtoj va mehnatga layoqatsiz ota-onalar g‘amho‘rlik qilmagani uchun farzandlardan aliment undirish va ayni vaqtda farzandlar ham (voyaga yetkunlariga qadar) ota-onalaridan aliment olish  uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat etishlari mumkinligini bildiradi. 

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobning mazmuni yanada kengaytirilgan holda “Oila, bolalar va yoshlar” deya nomlangani diqqatga sazovordir. 

Mazkur bobda endilikda 76-80-moddalar orqali oilaviy munosabatlarga qo‘shimcha ravishda 

“Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi” (76-modda); 

“Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi” (77-modda); 

“Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir” (78-modda);

“Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi” (78-modda); 

“Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” (78-modda) mazmunlari kiritildi. 

Albatta, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oilani jamiyat va davlat muhofazasiga olgan kamyob konstitutsiyalardan biri hisoblanadi. Buni oilaga “jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” statusi, “jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqi” berilganida, oilaviy munosabatlarda huquq va majburiyatlarning ijtimoiy adolati ta’minlagani va boshqa ko‘plab imkoniyatlar berilganida ko‘rish mumkin. 

Ijtimoiy hayot izchil va to‘xtovsiz rivojlanishda davom etadi. Mazkur jarayonda har bir millat o‘z taraqqiyoti asoslarini saqlashi, ularni yangi davrda paydo bo‘layotgan muammo va tahdidlardan muhofaza qilishi tabiiy jarayon bo‘lib, mamlakat Konstitutsiyasiga yangilanishi, ya’ni unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ham mazkur jarayonning bir qismi hisoblanadi.

Mamatkulov Davlatjon Maxamatjonovich 

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavsizligi universiteti dotsenti, 

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila mustahkamligining huquqiy poydevori