Og‘ufurushlar faoliyatiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati Dang‘ara tuman bo‘limi va departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ikki “tadbirkor” ning faoliyati to‘xtatildi.
“Damas” rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Z.T. hamkori A.E. ga 719 dona flakon idishlardagi “Tropikamid” nomli dori vositalarini olib kelib berayotgan vaqtida ushlandi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ularning bunday dori vositalarini muntazam sotib kelganligi aniqlandi.
Ekspert tekshiruvlarida esa flakon idishlardagi dori vositalari tarkibida ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi tropikamid moddasi mavjudligi aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
M.Sulaymonov, O‘zA