Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga

 

Ulug‘ ibodatga chog‘langan kabi

Xalqim piri tomon kelmoqda oqib.

Bu kunlar ilohiy, bu kunlar nabi,

Yaratganning nigohidir Navoiy.

Bir quyoshki, munavvardir nazmi ko‘k,

Bir sharafki, sharaflar ichra o‘zbek,

Bir ummonki, o‘zani ezgulik, erk,

Ko‘ngillarning borgohidir Navoiy.

Ma’naviyat nadir?!

Nadir ilm-urfon?!

Adolat tug‘ini ko‘targan arkon,

Mulki tafakkurga piri charog‘bon,

Ma’naviyat bayrog‘idir Navoiy.

Navoiyni o‘qib, yorishar olam,

Ulus dardi, orzulari unda jam,

Navoiydan madad so‘ragil, bolam,

El bosh urar dargohidir Navoiy!

Navoiyga yetmay yetmaymiz haqqa,

Ma’rifatdan ayru aylansak xalqqa,

Xasdek otadilar bizni qirg‘oqqa,

Elning pushti panohidir Navoiy!

Yetsak edi ilohiyot nazmiga,

Kirsak edi ruhoniyat bazmiga,

Darmon bo‘lsak ulus dardu arziga,

Ne tong qalb ichra boqiydir Navoiy!

Necha zamon, ko‘hna asrlar aro,

Saltanatu oliy qasrlar aro,

Buyuk nazmu buyuk nasrlar aro

Hamon sulton, pir, dohiydir Navoiy!

Ozod elim,omonmisan, bormisan?

Vatan uchun kelajakka yormisan?

Buyuk yo‘lda uyg‘og‘u bedormisan?

Ikki olam  so‘rog‘idir Navoiy!

Hur millat ko‘targan muborak tug‘ u,

Haqdan yorug‘ payg‘om, abadiy ruh u,

Ruhimiz yetmagan buyuk anduh u,

Ravzai  ishq bulog‘idir Navoiy!

Azal kotibidan yorliq,nishona,

Millat  fitratiga mangu afsona,

O‘zbek manglayiga ikki jahona

Yoqib qo‘ygan chirog‘idir Navoiy!

Tangrim pir sayladi adabiyotga,

Mukarram ayladi insoniyatga,

Shu el qayg‘usinda abadiyatga

Ogohlik qo‘ng‘irog‘idir Navoiy!

Enaxon SIDDIQOVA,

O‘zbekiston xalq shoiri, senator.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ogohlik qo‘ng‘irog‘idir Navoiy!

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga

 

Ulug‘ ibodatga chog‘langan kabi

Xalqim piri tomon kelmoqda oqib.

Bu kunlar ilohiy, bu kunlar nabi,

Yaratganning nigohidir Navoiy.

Bir quyoshki, munavvardir nazmi ko‘k,

Bir sharafki, sharaflar ichra o‘zbek,

Bir ummonki, o‘zani ezgulik, erk,

Ko‘ngillarning borgohidir Navoiy.

Ma’naviyat nadir?!

Nadir ilm-urfon?!

Adolat tug‘ini ko‘targan arkon,

Mulki tafakkurga piri charog‘bon,

Ma’naviyat bayrog‘idir Navoiy.

Navoiyni o‘qib, yorishar olam,

Ulus dardi, orzulari unda jam,

Navoiydan madad so‘ragil, bolam,

El bosh urar dargohidir Navoiy!

Navoiyga yetmay yetmaymiz haqqa,

Ma’rifatdan ayru aylansak xalqqa,

Xasdek otadilar bizni qirg‘oqqa,

Elning pushti panohidir Navoiy!

Yetsak edi ilohiyot nazmiga,

Kirsak edi ruhoniyat bazmiga,

Darmon bo‘lsak ulus dardu arziga,

Ne tong qalb ichra boqiydir Navoiy!

Necha zamon, ko‘hna asrlar aro,

Saltanatu oliy qasrlar aro,

Buyuk nazmu buyuk nasrlar aro

Hamon sulton, pir, dohiydir Navoiy!

Ozod elim,omonmisan, bormisan?

Vatan uchun kelajakka yormisan?

Buyuk yo‘lda uyg‘og‘u bedormisan?

Ikki olam  so‘rog‘idir Navoiy!

Hur millat ko‘targan muborak tug‘ u,

Haqdan yorug‘ payg‘om, abadiy ruh u,

Ruhimiz yetmagan buyuk anduh u,

Ravzai  ishq bulog‘idir Navoiy!

Azal kotibidan yorliq,nishona,

Millat  fitratiga mangu afsona,

O‘zbek manglayiga ikki jahona

Yoqib qo‘ygan chirog‘idir Navoiy!

Tangrim pir sayladi adabiyotga,

Mukarram ayladi insoniyatga,

Shu el qayg‘usinda abadiyatga

Ogohlik qo‘ng‘irog‘idir Navoiy!

Enaxon SIDDIQOVA,

O‘zbekiston xalq shoiri, senator.

O‘zA