O‘g‘irlangan buyumlar egasiga qaytarildi
Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi savdo do‘konidan o‘marib ketilgan buyumlar egasiga qaytarildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 13 iyun kuni soat 22:00 dan 14 iyun kuni soat 08:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Shofirkon tumani “Jo‘ynav” mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro H.F.ga tegishli savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib u yerdan bahosi 900 ming so‘m bo‘lgan o‘simlik yog‘ini, bahosi 60 ming so‘mlik tamaki mahsuloti va 500 ming so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 1 million 460 ming so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Natijada tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Sh.Rashidov mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. sodir etganligi aniqlangan.
Zarif Komilov,
O‘zA