So‘nggi yillarda mamlakatimizda shaharsozlik sohasini takomillashtirish va shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining seysmik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Dunyoning turli mamlakatlarida sodir bo‘layotgan kuchli zilzilalar va buning natijasida yetkazilayotgan zararlar ko‘lami mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlashga hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan bir qator manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilishini talab etmoqda. 

Qolaversa, bino va inshootlar qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiruvchi tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurati yuzaga kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. 

Mazkur hujjat bilan Shaharsozlik qoidalarini buzib, noqonuniy qurilish olib borgan yoki xavfli o‘zgartirishlar qilgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirildi. 

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz ob’ektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirganlik yoki rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini buzgan holda loyihalashtirganlik, rekonstruksiya qilganlik va qurganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan. 

Bunda jinoiy javobgarlik, aybdor shaxslar ushbu huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortib bo‘linganidan keyin yuzaga keladi. Odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan tarzda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi.

Shuningdek qonunchilikni buzgan holda, ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan o‘zgartirish yoki buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutildi. 

Loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirish doirasida beriladigan ko‘rsatmalarini buyurtmachilar bajarmasa, shuningdek ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz ob’ektlar quriladigan bo‘lsa, buning uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, shaharsozlik sohasidagi qoidabuzarliklar uchun solinadigan jarimalar miqdorlarini ko‘paytirish nazarda tutildi. 

Xususan, qurilishi tugallangan bino va inshootlardan foydalanishda  ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, bordiyu shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yildi. 

–Ob’ektlarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa —ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan, – deydi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov. – Shuningdek, ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jazolanishi belgilandi. Shu bilan birga, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq bino va inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiq va cheklovlar belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda, ya’ni bosh rejalarda nazarda tutilmagan bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo‘ladi. 

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob’ektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa ob’ektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan. 

Ushbu moddaning birinchi – beshinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar odam o‘lishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarning amalga oshirilgan o‘zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi. 

Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hamda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini bajarishdan qasddan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Qonunga ko‘ra, huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu holatda 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar hamda sokolni hisobga olmagan holda ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joy qurilish ob’ektlari bundan mustasno. 

Bir so‘z bilan aytganda, loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy ko‘rsatmalarni to‘liq bajarmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Binokorlik materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga asos bo‘ladi. 

Ushbu normalar qonunda keltirib o‘tilgan ayrim jihatlar edi.  Mazkur hujjat rasman e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kirishi nazarda tutilgan. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan noqonuniy qurilish qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi