Og‘ir atletikachilarimizdan 3 ta medal
Beshinchi bor o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlari sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Quvonarlisi, kechagi og‘ir atletika bahslarida atletlarimiz 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Og‘ir atletika bahslarining vazni 67 kilogrammgacha bo‘lgan tosh ko‘tarish bellashuvining dast ko‘tarish mashqida Adhamjon Ergashev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda kumush medal sohibiga aylandi. Ikki kurash natijasiga ko‘ra, polvonimiz oltin medal bilan taqdirlandi.
Ushbu vaznda kurash olib borgan Doston Yoqubov esa ikki kurash natijasiga ko‘ra kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zA