Xitoyning Jiangshan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, yosh sportchimiz Xo‘sinboy Matrasulov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

-67 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz dast ko‘tarishda 140 kilogramm toshni bo‘ysundirib, bronza medalini qo‘lga kiritdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Bugun, 10 may kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Nigora Abdullayeva (-59 kg) va Abdulaziz Alimjonov (-73 kg) supaga ko‘tariladi.

Musobaqaning hozirgacha bo‘lgan natijalariga ko‘ra, Xitoy, Tailand va Vetnam terma jamoalari umumiy medal hisobida yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi esa hozircha 1 ta bronza medali bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Osiyo chempionati 15 mayga qadar davom etadi va unda qit’aning 30 ga yaqin mamlakatidan kuchli atletlar ishtirok etmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Xo‘sinboy Matrasulov Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi