Og‘ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatida 23 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tgan Osiyo chempionatining har ikki yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

20 dan ziyod davlat vakillari bilan kechgan musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi.

Bu, jamg‘arilgan medallar salmog‘ida, xalqaro musobaqada birinchi marta qatnashayotgan o‘smirlarimizning xatti-harakatida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Mamlakatimizning yosh og‘ir atletikachilari 3 ta oltin, 7 ta kumush, 20 ta bronza, jami 30 ta medal bilan Osiyoning eng kuchli jamoasi ekanini amalda isbotladi.

Yoshlar terma jamoasi a’zolari Nigora Suvonova va Mohinur Esonboyeva qit’a birinchiligining so‘nggi kunida +86 kg toifasidagi bahslarda qatnashib, ikkita medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Suvonova dast va siltab ko‘tarish bosqichlarida barqaror natijalar ko‘rsatdi. Uning 228 kg umumiy natijasi O‘zbekistonga kumush medal olib kelgan bo‘lsa, M.Esonboyeva ikki kurash sarhisobiga ko‘ra, 223 kilogramm ko‘rsatkich bilan bronza medalga ega chiqdi.

Umumiy medallar sonini 28 taga yetkazgan o'smir og‘ir atletikachilarimiz umumjamoada 1-o‘rinni egalladi. 27 ta medallar shodasini jamg‘argan qozog‘istonliklar ikkinchi bo‘ldi. 16 ta medalni qo‘lga kiritgan Vetnam vakillari 3-o‘rin sohibiga aylandi. Medallarning sifati borasida qozog‘istonliklar 9 ta oltin medal bilan peshqadamlik qilgan vaziyatda 6 tadan oltin medalli bo‘lgan Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, 5 ta oltinli O‘zbekiston jamoalari keyingi qatorlarni band etishdi.

Ostonada vatanimiz sport shuhratini ulug‘lagan O‘zbekiston og‘ir atletika sport delegatsiyasi bugun yurtimizga qaytib keladi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletika: Osiyo chempionatida medallar jamg‘arishda O‘zbekiston yetakchi