Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ulug‘ adib Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy haqidagi hujjatli film premerasi bo‘ldi.

Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida suratga olingan.

«Ogahiy» filmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida «Xalq yuragi» nomi ostida yaratilgan 24 qismli turkum filmlardan biri.

Premeradan avval Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan adib ijodidan namunalar o‘qildi va ma’ruzalar tinglandi. Shundan so‘ng, film namoyish etildi.

Ssenariy muallifi Go‘zaloy Matyoqubova, postanovkachi rejissyor Murodjon Odilov, operator Seyran Kovalov, kartina direktori Oybek Sodiqov.

–O‘zim Ogahiy bilan zamindosh bo‘lganim uchun uning shaxsi, ijodi menga begona emas,–deydi ssenariy muallifi Go‘zaloy Matyoqubova.– Ammo ssenariy yozish jarayonida shoir hayot yo‘lini yanada mukammal o‘rganishga to‘g‘ri keldi. Bunda adabiyotshunos olimlar, tarixchilar ko‘magiga tayandim. Ogahiy haqida yangi va ahamiyatli ma’lumotlar to‘pladik. O‘ylaymanki, film Ogahiy ixlosmandlari va tomoshabinlarga manzur keladi.

Shu kunga qadar Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda kabi shoir va adiblar haqida filmlar premerasi bo‘lib o‘tdi. 29 sentyabrga qadar Cho‘lpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishi o‘tkaziladi.

Barcha premeralar Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida muhtasham Adiblar xiyobonida o‘tkazilmoqda.

D. Mamatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ogahiy haqidagi hujjatli film yaqin tarixdan so‘zlaydi