Og‘ir atletikachilarimizning muvaffaqiyati
Qatarning Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yosh sportchilar 3 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli musobaqa g‘olib va sovrindorlarini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi vakillari, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.
Osiyo chempionatida dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 200 nafardan ziyod sportchi bahslashdi. Unda Vatanimiz sharafini himoya qilgan Sunnatilla Shokirjonov, Farhod Sobirov, Azimjon G‘aniyev kabi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
– Chempionatda munosib ishtirok etganimdan xursandman, – deydi S.Shokirjonov. – Kelgusi musobaqalarda yurtimiz sharafini yanada yuksaltirish – bizning farzandlik burchimiz.