OFK yangi uch musobaqa tashkil etmoqda
Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan yangi 2024/2025 yilgi mavsum oldidan klublar miqyosida 3 ta yangi musobaqa tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
Jumladan, qit’amiz futbol muxlislari OFK tomonidan Oliy chempionlar ligasi, Ikkinchi chempionlar ligasi va Chellenj ligasi kabi turnirlarni kuzatadilar. Shuningdek, ayollar o‘rtasida ham Chempionlar ligasi yangi uslubda o‘tadi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Oliy chempionlar ligasida 24 ta, Ikkinchi chempionlar ligasida 32 ta hamda Chellenj ligasida 20 ta, ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasida 12 jamoa ishtirok etadi.
Kuni kecha Osiyo futbol konfederatsiyasi vakillari yuqoridagi yangi musobaqalarning logotiplarini e’lon qildi.
Ma’lumot o‘rnida, bugunga qadar OFK klublar o‘rtasida Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi kabi musobaqalarni tashkil etib kelayotgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA