ÖFAda muhim yiğiliş: Kannavaro va terma jamoalar murabbiylari iştirok etdi
Muhokamalar davomida erişilgan natijalar bilan birga, yöl qöyilgan kamçiliklar ham tahlil qilindi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasida milliy va yoşlar terma jamoalarining 2026-yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusi yil uçun asosiy vazifalar belgilandi.
Yiğilişda ÖFA rahbariyati, Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro, şuningdek, erkaklar va ayollar terma jamoalari hamda U-14 dan U-23 gaça bölgan yoş toifalaridagi jamoalar murabbiylari iştirok etdi.
Muhokamalar davomida erişilgan natijalar bilan birga, yöl qöyilgan kamçiliklar ham tahlil qilindi. Murabbiylar öz jamoalarining faoliyati va 2027-yilga möljallangan rejalari yuzasidan hisobot berdi.
Alohida e’tibor futbolçilarning jismoniy, taktik va psixologik tayyorgarligini kuçaytiriş, hujumçilar hamda darvozabonlar bilan individual işlaş tizimini takomillaştirişga qaratildi.
Milliy terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro xalqaro tajribasidan kelib çiqib, yoşlar jamoalari ustozlariga bir qator tavsiyalar berdi.
Yiğilişning muhim mavzularidan biri 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladigan yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik böldi. Xususan, may oyidagi U-17 Osiyo kubogi hamda sentabr–oktabr oylariga rejalaştirilgan U-20 Jahon çempionatini yuqori saviyada taşkil etiş masalalari körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida terma jamoalar murabbiylari oldiga aniq vazifalar qöyilib, yoş futbolçilar zaxirasini kengaytiriş va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erişiş ustuvor yönalişlar sifatida belgilandi.


