Odil To‘lendiboyev - Paralimpiya o‘yinlari chempioni
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda.

Paralimpiya o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Odil To‘lendiboyev ozarbayjonlik Ilhom Zakiyevni, yaponiyalik Kento Masakani, finalda esa braziliyalik Silva De Arauxoni yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, o‘z vazn toifasida erkaklar o‘rtasida Shuhrat Boboyev va Shirin Sharipov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Dzyudo bo‘yicha xotin-qizlar bahsida Hayitjon Olimova kumush, Gulruh Rahimova bronza medal bilan taqdirlandi.
200 metr masofaga kompleks suzish bahslarida Fotimaxon Omilova 2 daqiqa 25 soniya natija ko‘rsatib kumush medalni, Shohsanam Toshpulatova 2 daqiqa 27 soniya natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Engil atletikaning uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Soliyev munosib ishtirok etib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Ayni paytda O‘zbekiston sport delegatsiyasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.