Mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning yangi bosqichida ommaviy axborot vositalarining sud hokimiyati bilan o‘zaro munosabati masalasi alohida diqqat-e’tibor qaratishni talab etadi.

Zero, sud-huquq tizimini isloh qilishdek keng miqyosli o‘zgarishlar, avvalo, har qaysi fuqaroning manfaatini himoyalaydigan qonun va normalar ommaviy axborot vositalari tomonidan tanishtirib va yoritib borilishi zarur. Chunki aynan ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik fikriga, fuqarolarning huquqiy ongiga ta’sir o‘tkazish hamda aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati katta.

Ommaviy axborot vositalari va sud hokimiyati o‘z vazifalariga ko‘ra turli xil faoliyatni amalga oshirsa-da, mazmun-mohiyati bilan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati manfaatlari uchun xizmat qiladi. Shu bois, ular huquqiy hamkorliksiz o‘z oldilariga qo‘yilgan murakkab vazifalarni ado etishlari qiyin. Ayni paytda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar OAV tomonidan qo‘llab-quvvatlanmay turib muvaffaqiyatga erishishi mumkin emas. O‘z navbatida, sudlar tomonidan jurnalistlarning qonuniy huquq hamda manfaatlari himoya qilinmas ekan, OAV to‘liq erkinlikka erisha olmaydi.

So‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat qilayotgan jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoit hamda huquqiy asos yaratildi. Ta’kidlash kerakki, sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ikki masalada alohida o‘rin tutadi. Birinchisi, sudlarning transparentligi, ma’lumotlardan erkin foydalanishni ta’minlash, ikkinchisi, jurnalistlar tomonidan sud protsessiga aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, sudyalar mustaqilligiga daxl etmaslik yoki sudga ta’sir etuvchi salbiy holatlarning oldini olishdir.

Albatta, bu holat bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Chunki ayni shu masalada amaliyotchilar va nazariyachilar, OAV xodimlari va sudyalar o‘rtasida turli xil qarashlar mavjud. Ko‘pchilik tadqiqotchilar OAV sud organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi zarur deb hisoblasa, ayrimlar sud faoliyati ustidan hech kim nazorat o‘rnatishi mumkin emas, chunki har qanday nazorat sud mustaqilligiga raxna soladi, degan fikrni ilgari surishadi. Har ikki qarashni ham inkor etmagan holda, munozaraga sabab bo‘layotgan ushbu masala yuzasidan ayrim mulohazalarni bildirib o‘tish o‘rinlidir.

Ommaviy axborot vositalarining sud ma’lumotlaridan erkin foydalanish huquqi sudlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatish shakligina emas, sud xatolari ehtimolini kamaytirish vositasi hamdir. Afsuski, jurnalistika amaliyotida sud protsesslarini yoritish masalalari hamisha dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Albatta, buning bir necha sabablari bor:

birinchisi, OAVda sud protsesslarini yoritish o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi;

ikkinchisi, OAVda sud protsesslarini yoritishning huquqiy asoslarini belgilovchi qonun hujjatlarida ayrim ziddiyatlarning mavjudligi;

uchinchisi, sud protsesslarini yorituvchi jurnalistlarning ixtisoslashuvi va kasb etikasi muammolari;

to‘rtinchisi, OAVda sud protsesslarining yoritilishida jahon tajribasining o‘rganilishi va amaliyotga joriy etilishi muammosi.

OAVda sud protsesslarini yoritishga doir nazariy va amaliy masalalarning, xususan, huquqiy asoslarning o‘rganilishi bugungi kun jurnalistika fanining dolzarb masalalaridan biridir. OAVda sud protsesslarini yoritishning huquqiy asoslarini tashkil etuvchi sud transparentligi, akkreditatsiya, aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilish shartlari, jurnalist tekshiruvi, diffamitsiya huquqi, raddiya, ma’naviy zarar kabi muhim institutlarning o‘rganilishi hamda milliy qonunchiligimiz va amaliyotga tatbiq etilishi bu borada taklif va xulosalar ishlab chiqishni talab etadi. Negaki, mazkur institutlar zamonaviy jurnalistika sohasida alohida o‘rin tutadi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillarining samarali faoliyat yuritishi, sud protsesslarini erkin yoritishlari xalqaro va milliy huquqning ta’siri hamda ahamiyatini konseptual o‘rganishni taqozo etadi.

Jumladan, sudlar faoliyatining oshkoraligini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jurnalistikaning o‘rni va ahamiyati;

sud jarayonlarining ochiqligi va unda OAV xodimlarining ishtirokini ta’minlash muammolari;

ommaviy axborot vositalari vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish zarurati;

kasbiy malaka – ham sudyalar, ham jurnalistlar uchun etika qoidalariga amal qilish majburiyatining bajarilishi;

sud protsesslarini yorituvchi jurnalist pozitsiyasida mustaqillik va xolislik masalalarini tadqiq etish hamda jurnalistlarning mazkur prinsiplarga amal qilish zarurati;

sud protsesslarini yoritishda OAV xodimlarining aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilish shartligi;

aybsizlik prezumpsiyasining OAV sohasiga doir qonunchilikdagi o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqish hamda tahlil qilish;

sudlarda OAV xodimlari akkreditatsiyasining huquqiy asoslari hamda akkreditatsiya institutining afzalligi va muammolarini o‘rganish zarurligi.

Aytish kerakki, so‘nggi paytlarda sudlar o‘z faoliyatining oshkoraligini ta’minlashga e’tibor qarata boshladi. Ammo, afsuski, bu harakatlar sud protsesslarida OAVning ishtirokini kuchaytirgani yo‘q. O‘zaro munosabatlardagi hamkorlik ham maqtagulik darajada emas.

Fikrimizcha, matbuotda chop etilayotgan huquqiy mavzudagi maqolalarning asosiy qismida jinoyat ishlarining tafsilotlari bilan cheklanib, jurnalistlar fuqarolik ishlariga, fuqarolarning buzilgan huquqlarini qonun tartibida tiklash masalalariga kamdan-kam hollarda murojaat etmoqdalar. Natijada sudlar faoliyatining asosiy vazifasi bo‘lmish fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari OAVda deyarli yoritilmasdan qolmoqda. Bu esa jamiyat a’zolari o‘rtasida turli ziddiyatlar vujudga kelishiga sabab bo‘lib, sud protsessini yorituvchi jurnalistlarning ixtisoslashuviga va kasb etikasi qoidalariga alohida e’tibor qaratishlarini talab etadi.

Amaldagi OAV faoliyatiga doir qonunchiligimiz jurnalistga axborotni izlash, olish va tarqatish huquqini beradi. Ammo u tergovchi, prokuror yoki sudyadan farqli o‘laroq, o‘z manbasidan axborotni talab qilib olishga, biror-bir protsessual harakatlar o‘tkazishga haqli emas. Jurnalist tekshiruvini prokuror yoki tergovchining surishtiruvidan farqlay olish lozim. Bu harakatlar jurnalistga qonunchilik tomonidan berilgan huquq va majburiyatlar hamda jurnalistning so‘z erkinligi mas’uliyati doirasida olib borilishi lozim. Jurnalist tomonidan sud jarayonlarining yoritilishi, avvalo, aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilish, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini muhofazalash, sudyalar mustaqilligini ta’minlash zarurligi bilan chegaralangan o‘ziga xos xususiyatga ega.

Amaliyotda sudlar tomonidan yopiq bo‘lmagan axborotlarni “maxfiylashtirish”, sud protsesslariga qatnashish huquqini cheklash, yozib olishni asossiz ravishda rad etish, so‘ralgan axborotni bermaslik, materiallar va hujjatlarni, ulardan nusxa olish huquqini cheklash kabi holatlarda ham e’tirozlar bildirilmoqda. Tabiiyki, bu kabi holatlar axborotni erkin olish huquqini cheklash, deya baholanadi. Bu esa huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati konsepsiyasiga zid bo‘lib, Konstitutsiya va qonun normalarini buzish hisoblanadi.

Jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi. Huquqiy davlat jurnalistga axborotni erkin olish va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi. Jurnalistning faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror-bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi. Jurnalistlarning bu kabi konstitutsiyaviy huquqlarni bilish zarurati shu bilan izohlanadiki, ular kasb taqozosi bilan doimo fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishadilar, ya’ni fuqarolarning turar joyiga tashrif buyuradilar, ular bilan suhbat quradilar, shaxsiy va ijtimoiy hujjatlarni, ariza-shikoyatlarni, xatlar va tasvirlarni ko‘zdan kechiradilar. Bu, o‘z navbatida, jurnalistdan yuksak professionallikni, huquqiy madaniyatni talab etadi.

Afsuski, sudlarda OAV vakillari bilan ishlash bo‘yicha aniq tizim ishlab chiqilmaganligi, barcha jurnalistlarga bir xil munosabat qilinmasligi ko‘pincha malakali jurnalistlarning e’tirozlariga sabab bo‘ladi. Bu kabi ayanchli ko‘rinishlarning oqibatlari esa chop etilayotgan materiallar saviyasiga, o‘zaro munosabatlarga putur yetkazishi, ixtiloflar keltirib chiqarishi mumkin. Ayni shu singari muammolar bir qarashda arzimasdek tuyulsa-da, odil sudlovni amalga oshirish va OAVning chinakam “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga erishish yo‘lidagi harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu jarayonda OAVlari bilan sud hokimiyati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida jurnalistlarning huquqshunoslik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirgan holda, sud protsessini yoritishning huquqiy asoslarini belgilovchi qonun hujjatlaridagi ayrim ziddiyatlarni bartaraf qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ta’sir faoliyatini kuchaytirish taklif qilinadi.

Bir so‘z bilan aytganda, sud hokimiyatining ochiqligi – demokratik davlatchilikning muhim sifat belgisi, mamlakatimizda qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilishning ajralmas va tarkibiy qismidir.

Bekzod BOBOQULOV,

Samarqand harbiy sudining raisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odil sudlov faoliyatida mustaqil sud va erkin matbuot