“Odil Junior” futbolchilari mamlakat chempioni
Poytaxtimizda 14 yoshlilar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
“Chig‘atoy” stadionida o‘tkazilgan final bahsida “Xorazm” va “Odil Junior” to‘qnash keldi. Katta ustunlik evaziga “Odil Junior” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol kiritib, g‘oliblik nashidasini surdi. 2-o‘rin “Xorazm” klubiga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni “Paxtakor” futbolchilari egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, qator sportchilar turli nominatsiyalarda mukofotlandi.
[gallery-4263]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA