O‘zbekiston Qahramoni, xalq artisti, mohir san’atkor, davlat mukofotlari sovrindori Zikir Muhammadjonovning ko‘cha-ko‘yda piyoda yurgani, odamlar bilan g‘oyat samimiy, ming yillik qadrdonlardek muomalada bo‘lganini ko‘p eslayman.

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida buyuk san’atkor Zikir Muhammadjonov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasida san’atkor hayoti, faoliyati, uning fazilatlari yodga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori Akmal Saidov, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi, xalq artisti Yoqub Ahmedov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, xalq artisti Yodgor Sa’diyev va boshqalar mamlakatimizda milliy ma’naviyatni rivojlantirish borasidagi ezgu ishlarda teatr san’atini ravnaq toptirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Tadbirda xalqimizning ardoqli san’atkori ijodiga bag‘ishlangan "Nurli yo‘l" nomli hujjatli film namoyish etildi.

Ustoz san’atkor 1921 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozir milliy teatrimizning yetuk namoyandalari Zikir Muhammadjonovni oddiy, kamtarin, mehribon inson sifatida e’zoz bilan yodga oladi.

Zikir Muhammadjonov 1943 yildan hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan edi. M.Shayxzodaning "Jaloliddin" spektaklidagi Temur Malik uning teatrdagi birinchi roli bo‘ldi. Shundan keyin u juda ko‘p spektakllarda bosh rollarni ijro etdi.

[gallery-904]

"Makr va muhabbat"da Ferdinand, "Romeo va Juletta"da Benvolio, "Hamlet"da Goratsio, "Imon" spektaklida Orif kabi rollarni o‘ynadi. Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro kabi buyuk tarixiy shaxslar siymolarini yaratish aktyor ijodida alohida o‘rin tutadi. Turli davrlarda yashagan, turli mafkura va dunyoqarashga ega bo‘lgan Furqat va Hamza, Y.Oxunboboyev va general S.Rahimov obrazlarini yaratish, V.Shekspir, F.Shiller asarlaridagi bosh rollarni ijro etish Z.Muhammadjonovning katta salohiyat va iqtidorga ega bo‘lgan aktyor ekanining dalilidir.

Z.Muhammadjonov o‘zbek sahnasida Shukur Burhonovdan keyin taniqli davlat arboblari obrazini gavdalantirishga kirishgan aktyordir. U o‘z yo‘li, yo‘nalishi va aktyorlik iqtidoriga tayangan holda bu ulkan ishni muvaffaqiyat bilan bajardi. Dunyoqarashi chuqur, qiziqish doirasi keng, o‘zbek san’atida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lgan san’atkor uzoq yillardan beri kino san’atida ham faol ishtirok etib, ko‘plab filmlarda yodda qolarli obrazlar yaratgan edi. 

"O‘zbekfilm" kinostudiyasida dublyaj qilingan talay filmlarga ovoz berdi. O‘zbekiston televideniyesida taniqli o‘zbek yozuvchilarining asarlari asosida o‘nlab mashhur videofilmlarning aksariyatida Zikir Muhammadjonov bosh rollarni ijro etdi. "Navoiy" videofilmidagi Husayn Boyqaro, "Ulug‘bek xazinasi"dagi Mirzo Ulug‘bek, "Imon"dagi professor Komilov, "Bobur"dagi Xondamir va boshqa obrazlar aktyorlik san’atining bebaho namunalari.  

Aktyor respublika radiosida tayyorlangan radiospektakl va postanovkalarning aksariyatida asosiy rollarni ijro etdi. Z.Muhammadjonov o‘zbek teatr va kino san’atining muhim nazariy va amaliy muammolarini matbuotda dadil ko‘targan edi. "Teatr va rejissyor", "Teatr va aktyor", "Teatr va zamonaviylik" mavzusida, M.Uyg‘ur, L.Carimsoqova, R.Hamroyev, A.Hidoyatov, O.Jalilov, H.Latipov, G‘.A’zamov, O.Xo‘jayev, A.Bakirov, N.Rahimov, A.Ismatov va boshqa taniqli san’atkorlar to‘g‘risida ijodiy portretlar, maqolalar yozdi. U mamlakatimizning ko‘pchilik shahar va qishloqlarida, tashkilot va muassasalarda, oliy o‘quv yurtlari va maktablarda uchrashuvlar o‘tkazdi. Z.Muhammadjonov dunyo ko‘rgan san’atkor. U O‘zbekiston teatr jamiyatini – hozirgi teatr ijodkorlari uyushmasini boshqargan edi.

Taniqli o‘zbek teatr va kino aktyori Z.Muhammadjonov "O‘zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni, "Buyuk xizmatlari uchun" va "Do‘stlik" ordenlari bilan mukofotlangan edi.

Xotira kechasida Zikir Muhammadjonov hayoti, ijodiga oid eng yorqin xotiralar yodga olindi. Spektakllardan lavhalar namoyish etildi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Odamiylik, oddiylikda aks etgan buyuklik