Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida Aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha “Octagon 68”musobaqasi o‘tkazildi.
Turnirning markaziy jangi o‘ta yengil vazn toifasida Liga chempioni o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Abdullayev (9-0) hamda “Interim” (vaqtinchalik chempionlik kamari) sohibi, Ozarbayjon vakili Farid Alibabazade (13-8-1) o‘rtasida o‘tdi. Unda A.Abdullayev hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida: Anvar Abdullayev uchun bu ikkinchi himoya jangi edi. U 2023 yilning dekabr oyida o‘tkazilgan “Octagon 53” turniri doirasida boshqa bir ozarbayjonlik sportchi — Royal Leylizadeni mag‘lub etib, ilk bor kamarini himoya qilgandi.
Shuningdek, “Octagon 68”musobaqasida Jasur Bebetov, Habib Gaziyev Asadbek Saidov, Sardorbek Ro‘ziyev, Islom Boltayev, Azamat Nuftillayev, Odilxon Kamolov va Shohasan Mirzamatov kabi sportchilarimiz o‘z vazn toifalarida zafar quchdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA