OCHL 2: “Nasaf” “A" guruhidan joy oldi
Kuala-Lumpur shahrida Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. “Nasaf” joy olgan guruhda qanday raqiblar kutmoqda?
Xabaringiz bor, joriy yilgi Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Chempionlar ligasi-2 musobaqasida mamlakatimiz sharafini “Nasaf” jamoasi himoya qiladi. Bugun, 18-avgust kuni Kuala-Lumpurda ushbu musobaqaning guhur bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, “Nasaf” klubi “A” guruhidan o‘rin oldi va “Al Vahda” (BAA), “Kuvayt SK” (Kuvayt), “Al-Xaldiya SK” (Bahrayn) klublariga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Kuala-Lumpurda bugun mamlakatimiz vaqti bilan soat 13:00 da OFK Chempionlar ligasi Elit musobaqasiga qur’a tashlanadi. Unda “Neftchi” va “Paxtakor” klublari o‘z raqiblarini bilib oladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA