Ochiqlik – muhim qonuniy asos
FOTOREPORTAJ
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Andijon viloyat hokimligida Davlat hokimiyat va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat va tuman hokimliklarining huquqshunoslari tashkiliy-nazorat guruhi va matbuot xizmati xodimlari ishtirok etdi.
Ta’kidlash joiz, bugungi kunda jamoatchilik nazoratini yangi bosqichga ko‘tarish, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishda uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.
[gallery-6909]
Seminarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qabul qilinadigan qarorlar uchun javobgarligi, yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli idoralar faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalana olishini ta’minlash, jamoatchilikning mazkur organlar faoliyati yuzasidan xabardorligini oshirishning ahamiyati va o‘ziga xos jihatlari xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat),O‘zA