Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yoshlar forumi” doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Rektor va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut yoshlar ittifoqi yetakchilari, talabalar kengashining faol a’zolari, rektorga biriktirilgan “og‘ir toifa” dagi yoshlar, yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda institut rektori vazifasini bajaruvchisi Quvondiq Qodirov mamlakatimizda yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizning maxsus farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida 3 ming, to‘lov-shartnoma asosida 7 ming o‘rin ajratilganligi, xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan yoshlarning o‘qishini mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish uchun berilgan imtiyozlar, shu bilan birga, yoshlarning kasb-hunar o‘rganishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi uchun yaratilayotgan sharoitlarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Davlatimiz rahbarining e’tibori natijasida institutning moddiy-texnik bazasi zamonaviy asosda takomillashtirilib, yangi o‘quv binosi, laboratoriyalar, sport majmualari, talabalar turar joylari qurilib, o‘qish bilan amaliyotni birgalikda olib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Ochiq muloqotda talabalar tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitobxonlik, intellektual tanlovlar, sport musobaqalarini yanada ko‘paytirish, chet tillarini o‘rganish bo‘yicha kurslar tashkil etish, yoshlarni zamonaviy kasbga o‘qitish bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi. 

Yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar, murojaatlar asosida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Institutda “Yoshlar forumi” doirasida tadbirlar davom etadi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq muloqot: barcha muammolar bartaraf etiladi