Sog‘lom bola yilida Surxondaryo viloyatida 151 kilometrdan ortiq ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlanib, qishloq aholisiga qulay sharoit yaratilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida, ayniqsa, qishloq aholisi turmush darajasini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan shinam uy-joylar, zamonaviy ta’lim, tibbiyot muassasalari, muhtasham bolalar sporti va boshqa ijtimoiy soha inshootlari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, keng, ravon yo‘llar bunyod etish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar qishloq aholisining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Viloyatda 4 ming 835 kilometrdan ortiq qishloq ichki xo‘jalik yo‘llari mavjud. Transport qatnovi xavfsizligini ta’minlash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida qishloqlarda yaroqsiz holga kelgan yo‘llar bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinib, tosh-shag‘al, asfalt-beton, sement-beton va qora qoplamali zamonaviy yo‘llarga aylantirilmoqda.

– Qishlog‘imizda bir kilometr ichki yo‘l o‘ydim-chuqur bo‘lib qolgan edi, – deydi Oltinsoy tumanidagi Olmazor mahallasida istiqomat qilayotgan Umid Normamatov. – Yo‘lsozlar shag‘al yotqizib, qora qoplama to‘shashga tayyorgarlik ko‘rayotir. Yo‘lning holati va transport qatnovi tubdan yaxshilanib, barcha qulayliklar yaratilayotganidan xursandmiz.

Bu yil Oltinsoy tumanidagi 11 mahallada o‘n kilometrdan ortiq ichki yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar yo‘lsozlar tomonidan olti kilometrga yaqin yo‘lda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Buning uchun 380 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Tumandagi Bibizaynab, Qoratepa, Sayrak qishloqlarida bu kabi ishlar yakunlangan bo‘lsa, Obshir, Oqarbuloq, Guliston, Dug‘oba qishloqlaridagi ichki yo‘llarga tosh yotqizish ishlari yil oxiriga qadar yakunlanadi.

Boysun tumanida o‘n kilometrdan ortiq xo‘jaliklararo ichki yo‘llar holatini tubdan yaxshilash uchun 865 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan edi.

– Ana shu mablag‘ evaziga o‘ndan ortiq qishloqdagi ichki yo‘llar joriy ta’mirlandi, – deydi tuman “Obodonlashtirish” davlat korxonasi rahbari Hamid Bozorov. – Sho‘rsoy, Bibishirin, Ariqusti singari o‘nga yaqin mahallaning ichki yo‘llariga qora qoplama yotqizildi. Pasurxi, Avlod, Tuzbozor mahallalaridagi uch yarim kilometr ichki yo‘l joriy ta’mirlandi.

Sog‘lom bola yilida Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot va Angor tumanlarida 45 kilometrga yaqin ichki yo‘llar sifatli ta’mirlandi.

“Surxondaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkilotidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kunlarda qish mavsumida avtomobil yo‘llarida transport xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash borasida ham muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda yo‘llar nazoratdan o‘tkazilib, qoplamalar ta’mirlanmoqda. Eskirgan yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘l yoqasini mustahkamlash, ko‘priklarni ta’mirlash kabi yumushlarga ham alohida e’tibor qaratilayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obod yurtning ravon yo‘llari