FOTOREPORTAJ
Joriy yilda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Durgadik mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida qurilish va obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida qator ishlar amalga oshirildi.
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mahalla hududiga 5 ta yangi transformator o‘rnatilib, elektr ta’minoti yaxshilandi, 16 kilometr ichki yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi, 2,7 kilometr uzunlikdagi yo‘l asfalt qilindi, 1 kilometr uzunlikda piyodalar yurish yo‘lakchasi qurildi va 7 kilometr masofaga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i tortildi. Hududdagi 18-umumta’lim maktabida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb-hunar o‘rgatish xonalari tashkil qilindi. Shuningdek, mahalladagi tibbiyot punktida 2318 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
[gallery-15028]
Kuni kecha mazkur mahallada Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilingan tadbir “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi yurish marafoni bilan boshlanib, ko‘chat ekish tadbirlariga ulanib ketdi. Bundan tashqari mahalla ahli uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari hamda tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar uchun banklar tomonidan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA